Toshkent va Nagoya o’quvchilari qo’shma madaniy tadbiri
2022-yil 18-yanvar kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti qoshidagi akademik litsey yaponshunos o‘quvchilari hamda Yaponiyaning Nagoya shahar shimoliy yuqori maktabi o‘quvchilari o‘rtasida hamkorlikda onlayn tarzda madaniy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda ikki mamlakat o‘quvchilari o‘zlari yashayotgan shaharlarning tarixi, arxitekturasi, madaniyati va urf-odatlari to‘g‘risida ma’lumotlar bilan almashdilar.
Mazkur tadbir Toshkent va Nagoya shaharlari o‘rtasidagi birodarlik aloqalarini o‘rnatish to‘g‘risidagi hamkorlik Bitimi doirasida O‘zbekistonning Yaponiyadagi elchixonasi ko‘magida amalga oshirildi.
TDSHU Matbuot xizmati