TTJda O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘ining qabul qilinganligining 26 yilligi munosabati tadbir
Joriy yilning 20-noyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutining Talabalar turar joyida professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlari ishtirokida “Bayroq millat g‘ururi” mavzusida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Mazkur tadbirda institut Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, institut Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti faollari hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshlandi. Institut Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i J.Shabanov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘ining qabul qilinganligining 26 yilligi munosabati bilan barcha yig‘ilganlarni muborakbod etib, mustaqil O‘zbekistonning bayrog‘ini qabul qilinishi, uning aziz mukarram ekanligi va O‘zbekiston Respublikasi davlat ramzlari qonuni mazmun mohiyati bilan tadbir ishtirokchilarini tanishtirdi.
Tadbirda institut talaba-yoshlari tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiq va she’rlar ijro etildi.