Universitet kengashining navbatdan tashqari yig’ilishi bo’lib o’tdi
2025-yil 12-dekabr kuni universitet Kengashining navbatdan tashqari majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlis davomida yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, ularni yot g‘oyalar va giyohvandlik kabi salbiy illatlardan asrash, shuningdek, talaba-yoshlarda mustahkam mafkuraviy va ma’naviy immunitetni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, xorijiy davlatlarning ilg‘or tajribalarini amaliyotga tatbiq etish, talaba-yoshlar ishtirokidagi xalqaro loyihalarni tashkil etish va ularni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlari bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.
Majlis yakunida universitet faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan bir qator tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi hamda tegishli lavozimlarga tayinlovlar e’lon qilindi.





