Xalqaro kuzatuvchi Manabu Simizuning TDSHUga tashrifi
Joriy yilning 24-oktabrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovida xalqaro kuzatuvchi sifatida O‘zbekistonga tashrif buyurgan Yaponiyaning rivojlanayotgan iqtisodiyot instituti professori Manabu Simizu 2021-yil 21-oktabrida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga tashrif buyurdi.
Mazkur uchrashuv jarayonida mehmonga TDSHU faoliyati, shu jumladan yaponshunoslik sohasida olib borilayotgan o‘quv va tadqiqot ishlari haqida ma’lumot berildi hamda Yaponiyaning rivojlanayotgan iqtisodiyot instituti bilan istiqbolda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.
TDSHU Matbuot xizmati