Yosh olimlar Kengashining navbatdagi Ilmiy seminari
Toshkent davlat sharqshunoslik institutida joriy yilning 21-dekabrida Yosh olimlar Kengashining navbatdagi Ilmiy seminari o‘tkazildi. Unda “Markaziy Osiyo halqlari tarixi” kafedrasi mustaqil izlanuvchisi Salimaxon FAYZIYEVA “Andijon jome’ madrasasi tarixi va epigrofikasi” mavzuida hamda “Eron-afg‘on filologiyasi” kafedrasi mustaqil izlanuvchisi Sherali YERTAYEV “Dariy tiliga chet tilidan o‘zlashgan harbiy terminlar” mavzuida ma’ruza qildilar.