Yosh olimlar Kengashining navbatdagi Ilmiy seminari
2018–yil 3–mayda Toshkent davlat sharqshunoslik institutida YOSH OLIMLAR KENGASHIning navbatdagi Ilmiy seminari o‘tkazildi. Unda Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor, fil.f.n., dots. G.RIXSIYEVA bilan “Tadqiqotchilar oldida turgan muhim vazifalar xususida” mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Shuningdek, “Xitoy tili va adabiyoti” kafedrasi tayanch doktoranti Barno DO‘SMATOVA “Xitoy tilida morfemali kontraksiya hodisasi” mavzuida hamda “Xorijiy sharq mamlakatlari adabiyoti” kafedrasi mustaqil izlanuvchisi Nozima MAHMUDOVA “Zamonaviy Xitoy adabiyotining mashhur namoyandasi Bi Shumin hikoyalarida oila muammolarining badiiy tasviri”mavzuida ma’ruza qildilar.