Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

11-Jahon universitetlari ayol prezidentlari forumi

27.05.2024, 15:24 Yangiliklar 212

Insoniyatning asosiy qarashi hozirda global xavfsizlik va taraqqiyot hisoblanadi. Ekologiyaning yomonlashuvi, iqtisodiy va ijtimoiy tanazzullar, keskin xalqaro vaziyatlar xavfsizlik tuyg‘usining global miqyosda pasayishiga olib keldi. Ekologik sivilizatsiyani shakllantirish, ijtimoiy ishonchni tiklash, barcha insonlar uchun xavfsiz muhitni yaratish dolzarb masalalar biridir. Insoniyatning umumbashariy vaziyatidan kelib chiqilsa, oliy ta’lim rahbarlari ta’lim bilan bog‘liq muammolarga javob berish, jamiyatni qanday boshqarishi mumkinligini tadqiq etishlari lozim hisoblanadi.

photo_2024-05-26_12-16-55

Anashu nuqtai nazardan, ayni damda Xitoy Xalq Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turgan Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Gulchehra Rixsiyeva boshchiligidagi delegatsiya BMTning BRM 4 (Sifatli ta’lim) va BRM 5 (Gender tengligi) doirasida Xitoy aloqa universiteti, Xuanxe fan va texnologiya universiteti hamda “Jahon universitetlari ayol prezidentlari forumi” (JUAPF) tashkiloti tomonidan tashkil etilgan “11-Jahon universitetlari ayol prezidentlari forumi”da qatnashmoqdalar. 26-may kuni mazkur forumning asosiy plenar yig‘ilishida TDSHU rektori G.Rixsiyeva “Barqaror rivojlanish sharoitida ta’lim sifatini oshirish” hamda N.Imamova “Oliy ta’lim ochiqligining barqaror rivojlanishdagi roli” mavzusidagi ma’ruzalar bilan ishtirok etmoqdalar.

photo_2024-05-26_12-05-41

 

Ma’lumot uchun, BMT tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan JUAPF Xitoyda o‘nta asosiy forum va butun dunyo bo‘ylab o‘n bitta kichik forumni muvaffaqiyatli o‘tkazgan. O‘tgan 22 yil ichida esa forum 1900 ga yaqin ayol prezidentlarni bir joyga to‘plagan. JUAPF 2001-yil avgust oyida Xitoyning Aloqa universiteti (avval Pekin radioeshittirish instituti) tomonidan tashkil etilgan boʻlib, uning maqsadi butun dunyo boʻylab ayol prezidentlarni birlashtirish, ular o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish, oliy ta’limni rivojlantirish va ayollar yetakchiligini rag‘batlantirish sohalarida yangi g‘oyalar va fikrlar bilan o‘rtoqlashish sanaladi.

photo_2024-05-26_12-05-43

 

Bu yilgi forumning mavzusi “Global xavfsizlik va global taraqqiyot: oliy taʼlim rahbariyatining masʼuliyati”.

 

Submavzular:

  • Oliy ta’limda ochiqlik va tsivilizatsiya davomiyligi;
  • Global xavfsizlik, global rivojlanish va umumiy ta’lim;
  • Aqlli jamiyat va ta’lim tizimlarining evolyutsiyasi;
  • Xususiy universitetlarning yutuqlari va barqaror rivojlanishi.