Pokiston Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Sayid Ali Asad G‘iloniy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2021-yil 12-yanvar kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Pokiston Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Sayid Ali Asad G‘iloniy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Martabali mehmon universitet rektori G.Sh.Rixsiyeva, xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Elyor Mahmudov hamda “Janubiy va Janubiy-Sharqiy Osiyo tillari” kafedrasi mudiri Ulfat Muhibova tomonidan samimiy kutib olindi.
Uchrashuv davomida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Pokiston elchixonasi hamda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida urdushunoslikni yanada rivojlantirishga qaratilgan ta’lim, ilmiy va madaniy sohalardagi hamkorlikka oid masalalar, aniq takliflar muhokama etildi.
Batafsil ma’lumot quyidagi havolada keltirilgan:
Universitet matbuot xizmati