Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Pokiston Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Sayid Ali Asad G‘iloniy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

13.01.2021, 20:42 Yangiliklar 1893

2021-yil  12-yanvar  kuni  Toshkent   davlat sharqshunoslik universitetida Pokiston Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Sayid Ali Asad G‘iloniy bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Martabali mehmon universitet rektori G.Sh.Rixsiyeva,  xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor Elyor Mahmudov hamda “Janubiy va Janubiy-Sharqiy Osiyo tillari” kafedrasi mudiri Ulfat Muhibova tomonidan samimiy kutib olindi.
Uchrashuv davomida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti va Pokiston elchixonasi hamda oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida urdushunoslikni yanada rivojlantirishga qaratilgan ta’lim, ilmiy va madaniy sohalardagi hamkorlikka oid masalalar, aniq takliflar muhokama etildi.

Batafsil ma’lumot quyidagi havolada keltirilgan:

https://www.uza.uz/uz/posts/tdshuda-oquv-zharayoniga-zhalb-etilgan-diplomatik-vakolatxonalar-soni-yana-bittaga-kopaydi_233940

2       1

Universitet matbuot xizmati