Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi universitet jamoasi, ayniqsa talaba-yoshlar o‘rtasida milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan demokratik tamoyillarni qaror toptirish orqali inson huquqlari va qadr-qimmatlarini ulug‘lashga, jismonan sog‘lom, aqlan yetuk, dunyoqarashi teran va mustaqil fikrlovchi barkamol yoshlarni tarbiyalashga yo‘naltirilgan uzoq muddatli, keng ko‘lamli ma’naviy-axloqiy tarbiya dasturini amalga oshiradi.
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi O‘zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon, Qaror va Farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi buyruqlari hamda universitet ichki tartib-qoidasi va ushbu bo‘lim Nizomiga binoan faoliyat ko‘rsatadi.
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limining asosiy maqsadi – talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, ularning ma’naviy, estetik, axloqiy dunyoqarashini kengaytirish, tafakkurini turli xil yot g‘oyalar ta’siridan himoya qilish hamda mustaqil O‘zbekistonning chinakam fidoiy, vatanparvar shaxsi sifatida tarbiyalashdan iborat.
Ma’naviy-ma’rifiy faoliyatning asosiy yo‘nalishlari:
- talabalarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida, mustaqil O‘zbekiston Respublikasining haqiqiy fuqarolari etib shakllantirish;
- Vatan oldidagi fuqarolik va farzandlik vazifalarini sidqidildan bajarishga tayyorlash;
- talabaning shaxs sifatidagi, o‘ziga xos individual fazilatlarni shakllantirish va takomillashtirish;
- talabalarni ijtimoiy faollik, tashabuskorlik, o‘qishga va kasbga bo‘lgan hurmat va ijtimoiy mas’ullik hissini keng targ‘ib qilish;
- talabalar ijtimoiy-siyosiy va huquqiy ongini rivojlantirish, ularda tanqidiy va tahliliy fikrlash ko‘nikmalarni kengaytirish;
- talaba yoshlarga salbiy illatlar: adolatsizlik, ta’magirlik, mahalliychilikning salbiy oqibatlarini anglatish;
- talaba yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning qiziqishlari asosida ilmiy-ijodiy faoliyatini tashkil etish;
- tizimli ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlarni takomillashtirib borish.
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limining asosiy vazifalari:
- mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni talaba yoshlar orasida keng targ‘ib etish;
- talaba-yoshlar orasida axloqiy, estetik, siyosiy, huquqiy, badiiy tarbiyani shakllantirish ishlarini yo‘lga qo‘yish;
- milliy urf-odatlar, qadriyatlarni targ‘ibotiga bag‘ishlangan anjumanlar, davra suxbatlari va uchrashuvlarni tashkil etish;
- talabalarning ma’naviy va jismoniy kamolotini yuksaltirish ishlarini takomillashtirishga ko‘maklashish;
- universitetda ma’naviy, ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, bu borada zarur me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va uni amalga oshirilishini ta’minlash;
- diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash borasida talaba yoshlar orasida mafkuraviy immunitetni qaror toptirish;
- yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste’dodini yuzaga chiqarishga ko‘maklashish;
- yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratish;
- yoshlar bo`sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular orasida kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish;
- talaba qizlarni kasb-hunarlar egallashlariga ko‘maklashish;
- Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining shahar, tuman bo‘limlari hamda mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan jamg‘armalar, jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirishda faol ishtirok etishdan iborat.
Universitetdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni bevosita yoshlar masalalari va ma`naviy-marifiy ishlar bo‘yicha prorektor tashkil etadi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
Ijtimoiy himoya sohasidagi muhim yangiliklar, qonunlar
- Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida
- Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga davlat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini taqdim etish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
- 2026 — 2030-yillarga mo‘ljallangan Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida
- Aholining ehtiyojmand qatlamlariga hududlarda kompleks ijtimoiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish chora-tadbirlari to‘g‘risida
- Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlarni tayinlash va to‘lash tizimini takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida
- Nogironligi boʻlgan shaxslarning bandligini taʼminlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
- Kambagʻal oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida
- Ijtimoiy himoyaga doir qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida
- Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida