Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Magistratura to‘g‘risidagi nizom

TOSHKENT DAVLAT SHARKSHUNOSLIK UNIVERSITETI

Magistratura bo‘limi to‘g‘risida

N I Z O M

1.Umumiy qoidalar

  1. Mazkur “Nizom”, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015 yil 2-martdagi 36-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Magistratura to‘g‘risidagi Nizom”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2909-son, 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3151-son, 2018-yil 5-iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-son, “Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” 2020-yil 16 -apreldagi  PQ-4680-son  qarorlariga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Magistratura bo‘limi faoliyatini tartibga soladi.

   2.  Bo‘limning maqsadi:

2. Bo‘lim tuzilmasi va shtatlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 36-sonli qarori bilan tasdqlangan “Magistratura to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq shakillantiriladi va oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan tasdiqlanadi. Bo‘limga yuklatilgan funksiyalar va vazifalar hajmining ko‘payib borishi asosida bo‘limga qo‘shimcha shtatlar belgilanishi mumkin.                                                                                                                                                                                                                                                                                                          2.1.Magistratura bo‘limi mamlakatimiz va xorijda faoliyat olib boryotgan korxonalar, kompaniyalar(mulkchilik shakli va tegishliligidan qat’iy nazar), xalqaro tashkilotlar, jamg‘armalar, ta’lim  muassasalari, tashkilotlar, davlat idoralarining, milliy va xorijiy  oliy ta’lim mussasalari kafedralari, ilmiy-tadqiqot institutlari, markazlari, jamg‘armalari, ilmiy laboratoriyalar talab-ehtiyojlari kelib chiqib ikki yillik ta’lim  mutaxassisliklari   doirasida magistrlar tayyorlashni  amalga oshiradi. Bunda  ta’lim, ilmiy tadqiqot,  ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish, davlat  va  jamiyat boshqaruvi sohalarida ishlashga qodir, tashkilotchilik qobiliyati va iqtidorini namoyon qila oladigan, ijtimoiy, iqtisodiy, texnik va texnologik muammolarini yechimini topa oladigan, zamonaviy AKT yutuqlaridan foydalanib, boshqaruvga innavatsion yondoshuv(kreativ fikrlash) usul va ko‘nikmalarini jalb qilishga qodir, yuksak intelektual salohiyatga  ega,  o‘z ona va chet tillarini  puxta o‘zlashtirgan, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalangan sharqshunos  kadrlar  va xalqaro darajada raqobat bardosh mutaxassislar tayyorlashni amalga oshiradi.

  2.2. Magistratura bo‘limi milliy va xorijiy  oliy ta’lim mussasalari kafedralarida, ilmiy-tadqiqot institutlari, markazlari, jamg‘armalari, ilmiy laboratoriyalarda ishlash hohish-istagiga ega bo‘lgan, yuksak ilmiy-pedogogik, intelektual salohiyatini  namoyon qila olgan, fundamental  tadqiqotchilik qobiliyatini ko‘rsata olgan, ta’lim, fan va ishlab chiqarish integrasiyasi komponentlari aloqadorligini chuqur anglagan, ushbu sohalarga zamonaviy axborot texnologiyalari  natijalarini qo‘llay olish salohiyatiga ega bo‘lgan yuksak salohiyatli ilmiy kadrlar tayyorlashni o‘z faoliyatining asosiy yo‘nalishlari biri sifatida qaraydi.

3 . Bo‘limning asosiy vazifalari:

3.1. Magistratura mutaxassisliklari uchun davlat ta’lim standartlari va boshqa normativ hujjatlarni ishlab chiqish, kadrlar buyurtmachilari talab va takliflari asosida ularni muntazaam takomillashtirib borish borasida tegishli kafedralar va fakultetlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;

3.2. Magistrlar tayyorlash bo‘yicha o‘quv jarayonini tashkil etish, dars jadvalini shakllantirish, professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘quv intizomiga amal qilishlarini,  taьlim va o‘qitish sifatini talab darajasida ta’minlanishini tizimli nazorat qilib boradi;

3.3. Magistratura faoliyatini boshqarish, taьlim jarayonlarini tashkil etishning shakl va mexanizmlarini takomillashtirib borish, eng samarali, zamonaviy AT usullarini amaliyotga tadbiq qilishni ta’minlaydi;

3.4. Magistratura mutaxasisliklarini zaruriy darsliklar va adabiyotlar bilan ta’minlash, bu ishga yetuk olimlar, yuqori malakali mutaxassislarni jalb etish, ilmiy sohani rivojlantirish borasida kafedralar faoliyatini yo‘naltiradi va nazorat qiladi;

3.5. Magistratura axborot taьminoti tizimlarini shakillantirish va rivojlantirish ishlarini amalga oshiradi;

3.6. Magistratura talabalari tomonidan o‘quv-izlanish va ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirilishini nazorat qiladi;

3.7. Magistraturada dars berayotgan pedagog kadrlarga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishlari uchun maqsadga yo‘naltirilgan sharoitlarni yaratish va ijtimoiy-kasbiy va shaxsiy faolligini oshirish, ularni rag‘batlantirish tizimlarini manfaatdor bo‘linmalar bilan hamkorlikda ishlab chiqadi va amal qilishini ta’minlaydi;

3.8. Oliy ta’lim muassasi barcha bo‘linmalarining magistrlar tayyorlash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi. Magistrantlarning ta’lim olish va ularning ishga joylashishi ustidan olib borilayotgan monitoringni muntazaam kuzatib boradi, tizimli tahlil qiladi, natijalarini amaliyotga tatbiq qiladi.

3.9. Magistraturada ta’lim-tarbiya holatini tizimli ravishda tahlil qilish, muammoli holatlarni aniqlash,magistraturada sifatli kadrlar tayyorlash rivojlantirish tendensiyalari bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi;

3.10. Byudjet asosida ta’lim olgan magistratura talabalarini ishga taqsimlash borasida mehnat bozoridagi ish o‘rinlari to‘g‘risida axborot bankini yaratadi, buyurtmachi tashkilotlar, muasssasalar bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantiraib boradi;

3.11. Magistraturaga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqib, uni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar, loyihalar tayyorlash va amalga oshirish jarayoniga rahbarlik qiladi.

4. Bo‘limning huquq va majburiyatlari:

Bo‘lim o‘ziga yukatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

4.1. Oliy ta’lim muassasasi rahbariyatiga va Kengashga magistratura faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritish;

4.2. Mamlakatimiz va xorijda faoliyat olib boryotgan karxonalar, kampaniyalar(mulkchilik shakli va tegishliligidan qat’iy nazar), xalqaro tashkilotlar, jamg‘armalar, ta’lim  muassasalari, tashkilotlar, davlat idoralarining, milliy va xorijiy  oliy ta’lim mussasalari kafedralari, ilmiy-tadqiqot institutlari, markazlari, jamg‘armalari, ilmiy laboratoriyalar  bo‘lgan ehtiyoj to‘g‘risidagi axborotni  manfaatdor bo‘linma va kafedralar bilan hamkorlikda belgilangan tartibda olish;

4.3. Oliy ta’lim muassasasi barcha bo‘linmalarning magistrlar tayyorlash bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtiradi va  belgilangan tartibda amalga oshirishini ta’minlash;

4.4. O‘quv reja va dasturlarda ko‘zda tutilgan o‘qitishning hamma shakllarini  (ma’ruza, laboratoriya, amaliyot, seminar va boshqa o‘quv mashg‘ulotlari turlari) kafedralar, fakultetlarda o‘quv jarayonini tashkil etilishini belgilangan tartibda ta’minlanishini nazorat qilish;

4.5. O‘rnatilgan tartibda magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘quv reja va dasturlarni tegishli kafedralar va fakultetlar tomonidan  belgilangan tartibda tasdiqqa kiritish;

4.6. Magistratura uchun darsliklar, o‘quv, uslubiy va ko‘rgazmali qo‘llanmalar tayyorlashni tashkil etish;

4.7. Magistrlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash, ularda ilmiy dunyoqarashni shakllantirish jarayonini tizimli yo‘lga qo‘yish;

4.8. Magistrlarning ilmiy amaliyotlari (stajirovkasi), loyihalari (ishlari), magistrlik dissertasiyalari tayyorlash, himoya qilish, mustaqil ishlarini  sifatli tashkil etilishini nazorat qilish;

4.9. Tasdiqlangan reja asosida magistrantlarning ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik faoliyatlari, shunindek, magistrlik dissertasiyalarini tayyorgarlik darajasini tegishli kafedralarda, fakultet va universitet Kengashlarida muhokamasini tashkil qilish, ularning ilmiy tadqiqot ishlarini bajarishlari muvofiqlashtirib borish,  kafedralar va ilmiy bo‘lim bilan hamkorlikda tugallangan ilmiy ishlarni, maqolalarni chop etishga tavsiya etish;

4.10. Magistrlarning ilmiy rahbarlari shaxsiy ish rejalaridagi magistraturaga oid o‘quv, ilmiy-uslubiy va tarbiyaviy ishlari bajarilishini nazorat qilish;

4.11. Respublika va xorijdagi ilg‘or tajribalar, dunyodagi yetakchi ilmiy va ta’lim markazlari faoliyati, olimlar va eng yaxshi pedagoglarning ilg‘or ishlarini o‘rganish, umumlashtirish va magistratura ta’lim tizimga tatbiq etilishga erishish;

4.12. Zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini, kredit-modul tizimini o‘quv jarayoniga joriy etilishini muvofiqlashtirish va ta’lim sifatini tegishli mas’ul bo‘limlar bilan nazorat qilib borish;

4.13. Magistratura mutaxassiliklari doirasida zarur axborot bazalarini yaratish, o‘quv mashg‘ulotlarida AT vositalarni qo‘llash va individual o‘qitish, mustaqil o‘qish vositalarini yaratish, onlayn va masofadan o‘qitish tizimlarini qo‘llash usullarini takomillashtirib borish;

4.14. Magistrlik dessertasiyalarining mavzularini ko‘rib chiqish va tasdiqlash  jarayonini belgilangan tartibda tashkil qilish va ularning ishlab chiqarish hamda ilm-fan muammolarini hal etishga yo‘naltirilishini ta’minlash;

4.15. Magistrlar bilimini baholash jarayonini nazorat qilishni belgilangan tartibda tashkil etish, ularni tegishli shaklda rasmiylashtirish, natijalarini tahlil qilish, uni takomillashtirish choralarini ko‘rish;

4.16. Magistrlarni auditoriyadan tashqari ishlarini asosan ijod kilish, ilmiy ishlar bilan shug‘ullanish, to‘garak va seksiyalarga qatnashishga yo‘naltirish;

4.17. Magistratura bitiruvchilarini ilmiy-pedagogik faoliyatiga yo‘llash, ularni tayanch-doktoranturada o‘qishni davom ettirish hamda kafedralarda ilmiy-pedagogik faoliyat olib borishga tavsiya etish;

4.18. Magistratura bitiruvchilarininn ishga joylashishini monotoringini olib borish, jarayonni tizimli tahlil qilib borish, ular bilan muntazaam aloqalarni o‘rnatish.

5. Bo‘limni boshqarish:

5.1. Bo‘lim oliy ta’lim muassasining tashkiliy tuzilmasi tarkibiga kirib, oliy ta’lim muassasasida magistratura faoliyati  boshqaruvini fakultetlar va kafedralar bilan birgalikda olib boradi.

5.2. Bo‘lim ishiga rahbarlikni bo‘lim boshlig‘i amalga oshiradi. Bo‘lim boshlig‘i oliy ta’lim muassasasi rektori tomonidan ilmiy darajali (unvonli), ta’lim jarayonini tashkil etish bo‘yicha amaliy tajribaga ega professor-o‘qituvchilar va xodimlar orasidan tayinlanadi. Bo‘lim boshlig‘i bo‘lim faoliyatini tasdiqlangan qonun va me’yoriy hujjatlar doirasida olib borishga mas’ul hisoblanadi. Bo‘lim boshlig‘i bevosita o‘quv ishlari bo‘yicha prorektorga bo‘ysunadi. Bo‘lim boshlig‘ining magistratura faoliyatiga oid qonuniy ko‘rsatma va farmoyishlarining ijrosi fakultetlar va kafedralarda  majburiy hisoblanadi.

 5.3. Bo‘lim boshlig‘i magistraturada ta’lim sifatini ta’minlashga, fanlardan, ITI va IPF idan talabalar bilimiga adolatli baholash tizimini amalga oshirish, bu borada korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, barcha natijalarni YUNISIS tizimiga o‘z vaqtida kiritilib borishini nazorat qiladi, bunda ochiq va oshkoralikni ta’minlaydi. Baholash qaydnomalari va baholash daftarchalarini aniq va tegishli tartibda rasmiylashtirishini nazorat qiladi(imzolaydi).

5.4. Bo‘lim boshlig‘i talabalarning mashg‘ulotlarga qatnashishlarini doimiy ravishda nazorat va tahlil qilib boradi, ichki tartib qoidalarni va universitet tomonidan belgilangan odob-ahloq qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan talablarga intizomiy choralar ko‘rish bo‘yicha fakultet va kafedralarga taqdimnomalar kiritadi, unversitet rahbariyatiga tegishli tartibda takliflar kiritadi.

5.5. Magistrantlar va ularning ilmiy, pedogogik rahbarlarining faoliyatlarini nazorat qilish va tegishli hujjjatlarni belgilangan tartibda yuritilishni amalga oshirilishini nazorat qilib borish maqsadida, semestr yakunida magistratura to‘g‘risidagi “Nizom” talablari asosida monitoringini (attestasiyasini) tashkil qiladi va natijalari bo‘yicha  universitet Kengashida hisobot berib boradi.

5.6. Bo‘lim boshlig‘i oliy ta’lim muassasasi Kengashning a’zosi hisoblanib, har o‘quv yili yakunida universitet Kengashida bo‘limning yillik faoliyati haqida hisobot beradi.

5.7. Bo‘lim o‘z faoliyatini o‘quv, ilmiy-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha ishlab chiqilgan istiqbolli va yillik (joriy) rejalar asosida yuritadi.

5.8. Bo‘lim oliy ta’lim muassasasining byudjetidan tashqari mablag‘lar hisobidan ish haqi fondi va ma’muriy boshqaruv xodimlari soni doirasida tashkil etiladi.

5.9. Bo‘lim boshlig‘i magistratura faoliyati hamda magistraturada ijodiy va ilmiy muhit yaratish uchun shaxsan ma’sul hisoblanadi.

6. Bo‘lim hujjatlari:

Bo‘limda quyidagi hujjatlar bo‘lishi lozim:

6.1. O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’limga oid Farmon va Qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ta’lim, fan va madaniyat sohalariga oid qarorlari va farmoyishlari;

6.2. Bo‘lim yo‘nalishiga oid normativ-huquqiy xujjatlar;

6.3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining magistraturaga oid hay’at qarorlari,  buyruqlari va farmoyishlari;

6.4. Universitet Kengash qarorlari, rektori  buyruqlari va farmoyishlari;

6.5. Magistrantlarning shaxsiy ma’lumotlari, ilmiy rahbarlar, professor-o‘qituvchilar tarkibi, o‘quv yuklamalari;

6.6. O‘quv, ilmiy-tadqiqot, uslubiy va tarbiyaviy ishlar rejalari;

6.7. O‘quv-uslubiy  va boshqa o‘quv jarayoni tashkil etishga taaluqli hujjatlar;

6.8. Magistrantlarning  tasdiqlangan magistrlik dissertasiyalar mavzulari himoya oldi va rasmiy himoyalariga oid hujjatlar;

6.9. Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan baholash qaydnomalari va baholash daftarchalari;

6.10. Bajarilgan ishlar hisoboti va yig‘ilish bayonnomalari.

Bo‘lim universitet Kengashi qarori asosida rektorning buyrug‘i bilan tugatilishi mumkin.

“Nizom” Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Kengashining 2020-yil  28-sentyabrdagi 2-sonli yig‘ilishida tasdiqlangan

 

03.11.2021, 13:28 13102