Ekofaol talabalar
#umumxalq_hashari #SDG15
TDSHU jamoasi obodonlashtirish ishlarida faol
Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida hududni yanada obod qilish, tozalikka e’tiborni kuchaytirish hamda yashil maydonlarni kengaytirish maqsadida umumxalq hashari tashkil etildi.
Hashar davomida universitet hududida tozalash ishlari olib borildi, daraxt va archalar ekildi, mavjud yashil hududlar tartibga keltirildi. Shuningdek, binolar atrofi oqlandi, yo‘laklar va maydonlar tozalanib, hudud obodonlashtirildi.
Toshkent Davlat Sharqshunoslik universitet va uning atrofidagi hududlarda “Mahallani chiqindidan xoli hududga aylantiramiz” shiori ostida Universitet “Eko klub”i tomonidan aksiyalar, tashviqot tadbirlari oʻtkazildi. Ushbu aksiya doirasida universitet va mahallani chiqindidan tozalash, daraxt va koʻchatlarni sugʻorish ishlari amalga oshirildi.
















