Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Loyiha (Grant) ofisi

Abdusalomov Dilshod
Lavozimi: Loyiha ofisi boshlig’i
Qabul vaqtlari: Seshanba va juma kunlari (14:00-17:00)
Tel: +998 71 233-29-85
E-mail:  tsuos_international@tsuos.uz

 

LOYIHA OFISI HAQIDA

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Loyiha ofisi universitetning ilmiy, innovatsion va xalqaro loyiha faoliyatini rivojlantirish, grant imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, doktorantlar va iqtidorli talabalarni loyiha faoliyatiga keng jalb etish maqsadida tashkil etilgan yangi tuzilma hisoblanadi.

Loyiha ofisining asosiy maqsadi universitetning ilmiy salohiyatini oshirish, xalqaro va mahalliy grantlar ulushini ko‘paytirish, ilmiy tadqiqotlar sifatini xalqaro standartlarga moslashtirish, professor-o‘qituvchilar va yosh tadqiqotchilarning ilmiy faolligini qo‘llab-quvvatlash hamda universitetning xalqaro reytinglardagi mavqeini yaxshilashga ko‘maklashishdan iborat. Shuningdek, xalqaro ta’limiy, ilmiy va innovatsion loyihalarni tijoratlashtirishga ko‘maklashish Ofis faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.

OFISNING ASOSIY VAZIFALARI

  • Loyiha ofisi universitetda grantlar va ilmiy loyihalar bo‘yicha yagona strategiya va siyosatni ishlab chiqish hamda muvofiqlashtirish tizimini shakllantirish, grant portfelini rejalashtirish va rivojlantirishga xizmat qiladi.
  • Ofis xalqaro va mahalliy grant dasturlari, ilmiy tanlovlar hamda stipendiya imkoniyatlarini muntazam monitoring qiladi va mavjud imkoniyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni universitet jamoasiga yetkazadi.
  • Professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, doktorant-tadqiqotchilar va iqtidorli talabalarga loyiha g‘oyalarini shakllantirish, rivojlantirish va grant talablariga moslashtirish, shuningdek loyiha hujjatlarini tayyorlash va topshirish bo‘yicha maslahat hamda amaliy ko‘mak ko‘rsatadi.
  • Grant arizalarini topshirishdan oldin ularning ichki tasdiqlash jarayonini tashkil etadi, hujjatlarning to‘liqligi va grant ajratuvchi tashkilotlarning belgilangan talablariga muvofiqligini tekshiradi.
  • Yutib olingan grantlar bo‘yicha shartnoma va majburiyatlarni muvofiqlashtirish, loyihalar ijrosini monitoring qilish, belgilangan muddatlar va kutilayotgan natijalarning bajarilishini kuzatib borish hamda loyiha rahbarlari va mas’ul bo‘linmalarga hisobotlarni tayyorlash jarayonida amaliy ko‘maklashish Ofisning muhim vazifalaridan hisoblanadi.

Ofis grant faoliyati bo‘yicha seminarlar, treninglar, davra suhbatlari, “grant klinikasi” formatidagi maslahat sessiyalari va tajriba almashish tadbirlarini tashkil etish orqali universitet jamoasining loyiha va grant yozish bo‘yicha salohiyatini oshirishga ko‘maklashadi.

Shuningdek, Loyiha ofisi xorijiy oliy ta’lim muassasalari, elchixonalar, madaniy markazlar, xalqaro tashkilotlar va fondlar bilan grant va loyiha yo‘nalishidagi hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma tashabbuslarni ilgari surish va yangi loyiha imkoniyatlarini shakllantirishga xizmat qiladi.

Loyiha ofisi universitet professor-o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari, doktorant-tadqiqotchilari va iqtidorli talabalariga grant loyihalarini ishlab chiqish, grant arizalarini tayyorlash va rasmiylashtirish jarayonida ilmiy-metodik va amaliy maslahatlar beradi.

Tayyorlangan grant loyihalari ilmiy mazmuni, dolzarbligi, yangiligi, metodologiyasi, kutilayotgan natijalari va grant ajratuvchi tashkilot talablariga muvofiqligi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqilib, ularni takomillashtirish bo‘yicha ekspert xulosalari va tavsiyalar beriladi.

Ofis, shuningdek, grant faoliyati bo‘yicha ilmiy-uslubiy tadbirlarni tashkil etishda ishtirok etadi, iqtidorli talabalar, yosh olimlar va tadqiqotchilarni grant loyihalariga jalb etish hamda ularning loyiha faoliyatidagi ishtirokini qo‘llab-quvvatlashga ko‘maklashadi.

Loyiha ofisi universitetning grant va loyiha faoliyatini tizimli ravishda muvofiqlashtiruvchi va ilmiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlovchi tuzilma sifatida faoliyat yuritadi. Uning tashkil etilishi universitetda grant imkoniyatlarini izlash, loyiha g‘oyalarini shakllantirish, grant arizalarini tayyorlash va yutib olingan loyihalarni monitoring qilish jarayonlarini yagona tizim asosida tashkil etishga xizmat qiladi.

Ofisning faoliyati universitetning xalqaro va mahalliy grant dasturlaridagi ishtirokini kengaytirish, xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchilar va yosh tadqiqotchilarning loyiha salohiyatini oshirish hamda ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etishga ko‘maklashishga qaratilgan.

03.09.2026, 12:02 611