Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

7531-son harbiy qismga tashrif

19.01.2018, 18:02 Yangiliklar 5599

Institut Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi institut kengashi tashabbusi bilan 2018-yilning 18-yanvar kuni TDSHIning faol talabalari va professor-o‘qituvchilari “14-yanvar Vatan himoyachilari kuni” bayrami bilan harbiy hizmatchilarni tabriklash maqsadida 7531-son harbiy qismga tashrif buyurdilar. Tashrif chog‘ida talabalar o‘zlari sahnalashtirgan qiziqarli sahna ko‘rinishlarini harbiy xizmatchilarga  namoyish etdilar. Dillarni xushnud etish va a’lo kayfiyat bag‘ishlash uchun institut talaba qizlari tomonidan jasorat va mardlikka bag‘ishlangan jonli raqs va qo‘shiqlar tabrik tarzida taqdim etildi. Bu bilan talabalar o‘zlarining jonli ijrosi orqali bayramga yuqori saviya va ko‘tarinki va kayfiyat bag‘ishladilar.

photo_2018-01-29_18-03-48 photo_2018-01-29_18-04-29