Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Artel kompaniyasining TDSHU ga tashrifi

TDSHU talabalarining ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasini yo‘lga qo‘yish hamda bitiruvchilarning muvafaqqiyatli ishga joylashishini ta’minlash maqsadida 2023-yil 4-oktyabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida Artel kompaniyasining rahbariyati bilan ochiq muloqot tashkil etildi.

Artel kompaniyasining Strategik transformatsiyalar departamenti rahbari Behzod Hojiahmedov “O‘zbekistonda elektrotexnika sohasining rivojlanishida Artel kompaniyasining o‘rni” mavzusida chiqish qildi va o‘zining kasbiy tajribasi bilan bo‘lishdi.

TDSHUning Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizm fakulteti talabalari, ayniqsa, Markaziy Osiyoda eng yirik elektronika va maishiy texnika ishlab chiqaruvchilardan biri sanalgan Artel kompaniyasining mavjud biznes-jarayonlariga ESG amaliyotini joriy etish va xalqaro standartlarga muvofiq moliyaviy hisobotni muvaffaqiyatli konsolidatsiyalash jarayoniga qiziqish bildirishdi.

photo_2024-01-18_14-19-26

18.01.2024, 14:20 184