Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Islomda ayollar

TDSHU delegatsiyasi Jidda shahrida bo‘lib o‘tgan “Islomda ayollar” Xalqaro konferensiyasida ishtirok etdi.

6-noyabr sanasida Saudiya Arabistonining Jidda shahrida Islom hamkorlik tashkiloti tashabbusi bilan tashkil etilgan “Islomda ayollar” Xalqaro konferensiyasi o‘z ishini boshladi. Mazkur Xalqaro anjuman islom dunyosida xotin-qizlarning muvaffaqiyati, taraqqiyotdagi roli va hissasi, jamiyatdagi o‘rnini ta’kidlashga qaratilgan bo‘lib, ishchi sessiyalarda ayollarning maqomi va huquqi, ta’lim va mehnat imkoniyatini kengaytirish istiqboli, zamonaviy jamiyatda xotin-qizlar bilan bog‘liq turli masalalarni muhokama qilindi.

Аnjumanda O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi tarkibida TDSHU rektori G.Rixsiyeva ham “Yangi O‘zbekiston sharoitida fan, ta’lim va innovatsiyalar sohasida ayollarning o‘rni” nomli maqolasi bilan ishtirok etdi.

photo_2023-11-30_11-24-33

30.11.2023, 11:27 340