Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Gumanitar sohalarda tadqiqot yozish masalalari” mavzusidagi xalqaro onlayn ma’ruza-treyning bo‘lib o‘tdi.

13.05.2020, 13:27 Yangiliklar 1418

2020 yil 13 may kuni universitetda “Gumanitar sohalarda tadqiqot yozish masalalari” mavzusidagi xalqaro onlayn ma’ruza-treyning bo‘lib o‘tdi.

Mazkur loyihani amalga oshirish uchun Hindistonning Gujarat Markaziy Universiteti, Diaspora markazi assistant professori Sajaudeen Nijamodeen Chapparban ma’ruzachi sifatida taklif qilindi.
Ushbu Zoom platformasida tashkil etilgan online ma’ruza-treyningda universitetning professor-o‘qituvchilari, doktarant va magistrantlari jami 45 nafar mutaxassis ishtirok etdi. Shuningdek, Hindiston, Buyuk Britaniya va BAA universitetlaridan mutaxassislar ishtirok etdi. Jami 75 nafar mutaxasisi ishtirok etdi.
Ma’ruzaning asosiy maqsadi, xalqaro platformada tadqiqot, ilmiy maqola va tezis yaratishning muhim sirlari, mazkur ishlarni tahririyat va tashkilotchilar tomonidan rad etilishining asosiy sabablari va nozik qirralari haqida ma’lumot berildi. To’liq ma’lumot uchun mazkur slayd taqdimotini e’tiboringizga havola qilamiz. Tashkent Talk

photo_2020-05-13_14-02-11 photo_2020-05-13_14-05-53

Mazkur loyihani amalga oshirishda o’z yordamini ayamagan Hindistonning Gujarat Markaziy Universiteti, Diaspora markazi assistant professori Sajaudeen Nijamodeen Chapparbanga universitet rahbariyati o’z minnadorchiligini bildiradi.

photo_2020-05-18_14-47-53

“Gumanitar sohalarda tadqiqot yozish masalalari” mavzusidagi xalqaro onlayn ma’ruza-treyning yakunida mutaxassislar ishtirokchi sertifikati bilan taqdirlandilar.

photo_2020-05-21_13-20-09