Doktorantura
TOSHKENT DAVLAT SHARQSHUNOSLIK UNIVERSITETIDAGI DOKTORANTURA, TAYANCH DOKTORANTURA VA MUSTAQIL IZLANUVCHILIK YO‘NALISHLARI
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-sonli “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori bilan tasdiqlagan “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizom”ga muvofiq Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha doktorantura, tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilik asosida oliy malakali ilmiy kadrlar tayyorlanadi.
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti 2025-yil uchun doktorantura qabul kvotasi
Ixtisoslik shifri | Ixtisoslik nomi | Doktorantura | Tayanch doktorantura | doktorantura Maqsadli | tadqiqotchi Stajor- | |
PhD | DSc | |||||
0 | 32 | 0 | 0 | 1 | ||
07.00.03 | Jahon tarixi | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 |
07.00.05 | Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat tarixi | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 |
07.00.07 | Etnografiya, etnologiya va antropologiya | 0 | 1 | 0 | 0 | 0 |
07.00.08 | Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari | 0 | 3 | 0 | 0 | 0 |
08.00.01 | Iqtisodiyot nazariyasi | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 |
08.00.09 | Jahon iqtisodiyoti | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 |
09.00.03 | Falsafa tarixi | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 |
10.00.05 | Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti | 0 | 6 | 0 | 0 | 0 |
10.00.06 | Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik | 0 | 6 | 0 | 0 | 1 |
10.00.10 | Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik | 0 | 4 | 0 | 0 | 0 |
23.00.02 | Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 |
23.00.04 | Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari | 0 | 2 | 0 | 0 | 0 |
TDSHUDA DOKTORANTURA, TAYANCH DOKTORANTURA VA MUSTAQIL IZLANUVCHILIKKA QABUL QILISHNING ASOSIY SHARTLARI
TDSHUda doktorantura, tayanch doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka qabul qilish daraja.ilmiy.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.
Doktorantura, tayanch doktoranturaga va mustaqil izlanuvchilikka qabul qilinadigan bakalavr, magistr va fan nomzodi ixtisosligi yo‘nalishi oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim ixtisosligi mansub bo‘lgan fan sohasiga muvofiq bo‘lishi kerak. Ixtisosliklar muvofiq bo‘lmaganda yoki oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni fanning turdosh sohalarida olish rejalashtirilgan hollarda talabgorlar OAK hamda Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi tomonidan belgilanadigan tartibda qo‘shimcha imtihonlar topshirishi kerak.
Tayanch doktoranturaga kiruvchi shaxs quyidagi talablarga javob berishi kerak:
– Oliy ta’lim muassasasi magistratura diplomi, yoki magistr darajasi joriy etilgunga qadar olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lish;
– muayyan ilmiy natijalarga, shu jumladan ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida 1 ta ilmiy maqolaga va ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari to‘plamlarida, tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan 2 ta tezisga ega bo‘lish;
TAYANCH DOKTORANTURAGA TALABGOR QUYIDAGI HUJJATLARNI TOPSHIRADI:
- Ariza;
- Biografik ma’lumotnoma;
- Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi; (ishlayotgan talabgorlar uchun)
- Oliy ta’lim muassasasi magistratura diplomi, yoki magistr darajasi joriy etilgunga qadar olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi (Doktorantura (DSc) uchun fan nomzodi ilmiy darajasiga egalik to’g’risidagi diplom);
- Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati (ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ikkitadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislar), shuningdek ularning nusxalari;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.
- Xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi sertifikat.
Mustaqil izlanuvchilikka kiruvchi shaxs quyidagi talablarga muvofiq bo‘lishi kerak:
– kamida ikki yillik ilmiy-pedagogik ish stajiga ega bo‘lish;
– bakalavr yoki magistr diplomiga yoxud fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki magistr darajasi joriy etilgungacha olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lish (Doktorantura (DSc) uchun fan nomzodi ilmiy darajasiga egalik to’g’risidagi diplom);
– muayyan ilmiy yutuqlarga, fan doktori darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil etishi mumkin bo‘lgan (ilmiy jurnallar va nashrlarda chop etilgan kamida 1 ta ilmiy maqolaga, ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va davra suhbatlari to‘plamlarida, tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lish;
Mustaqil izlanuvchilikka talabgor quyidagi hujjatlarni topshiradi:
- Ariza
- Ish joyidan tavsifnoma;
- Ma’lumotnoma;
- bakalavr yoki magistr diplomiga yoxud fan nomzodi ilmiy darajasiga yoki magistr darajasi joriy etilgungacha olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lish (Doktorantura (DSc) uchun fan nomzodi ilmiy darajasiga egalik to’g’risidagi diplom);
- Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
- Ilmiy ishlar va ilmiy hisobotlar (patentlar) ro‘yxati.
- Xorijiy tillarni bilish darajasini baholovchi sertifikat.
Doktorantura, tayanch doktoranturaga va mustaqil izlanuvchilikka qabul qilinadigan bakalavr, magistr va fan nomzodi ixtisosligi yo‘nalishi oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim ixtisosligi mansub bo‘lgan fan sohasiga muvofiq bo‘lishi kerak. Ixtisosliklar muvofiq bo‘lmaganda yoki oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limni fanning turdosh sohalarida olish rejalashtirilgan hollarda talabgorlar OAK hamda Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo‘mitasi tomonidan belgilanadigan tartibda qo‘shimcha imtihonlar topshirishi kerak.
Doktoranturaga kirish imtihonlari va suhbat jarayonlarining shaffofligi va adolatliligini ta’minalsh maqsadida:
– qabul komissiyasi tomonidan doktoranturaga kirish imtihonlari va suhbat jarayonlarini video kuzatuv ostida (onlayn translyasiya) o‘tkazish va jarayonlarni ZOOM platformasida tashkil etish, videokuzatuvlar uzluksizligini ta’minlash hamda texnik nosozliklarni oldini olish choralarini ko‘riladi.
Zoom platformasi linki.
https://us02web.zoom.us/j/87222612823?pwd=b2VuM1l3dUw3WlZTVFZYcWw4a0pnZz09
Login: 896 9244 2382
Parol: 550238
Qabul imtihon dasturlari
- 07.00.03 Jahon tarixi
- 07.00.05. Xalqaro munosabatlar va tashqi siyosat tarixi
- 07.00.07 Etnografiya, etnologiya va antropologiya
- 07.00.08. Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari
- 08.00.09 Jahon iqtisodiyoti
- 09.00.03 Falsafa tarixi
- 10.00.05. Osiyo va Afrika xalqlari tili va adabiyoti
- 10.00.06. Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik
- 10.00.10. Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik
- 10.00.11. Til nazariyasi amaliy va kompyuter lingvistikasi
- 13.00.02 Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi
- 23.00.02. Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar
- 23.00.04. Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari