Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Jamiyatning Iqtisodiy Transformatsiyasida Ta’lim sifatining o’rni” mavzusida o’tkazilgan xalqaro konferensiyada TDSHU ishtiroki

Joriy yilning 26-may kuni O’zbekiston Respublikasi Toshkent davlat iqtisodiyoti universitetida tashkil etilgan “Jamiyatning Iqtisodiy Transformatsiyasida Ta’lim sifatining o’rni” mavzusiga bag’ishlangan xalqaro konferensiyasi bo’lib o’tdi. Konferensiya davomida Oksford Universiteti dotsenti Dr. Maia Chankselianining “Oliy ta’lim va ilmiy tadqiqot ishlarda xalqaro integratsiyaning o’rni” shuningdek YuNESKOning Oliy taʼlim xalqaro instituti tadqiqot va prognoz boʻlimi boshlig’i Dr. Emma Sabzaliyevaning “Oliy ta’limni baynalminallashtirish va mintaqaviylashtirish: hozirgi tendensiyalar va kelajak yo’nalishlari” mavzulariga bag’ishlangan chiqishlari alohida ahamiyat kasb etdi. Bo’lib o’tgan konferensiyada TDShU o’quv ishlari bo’yicha prorektor Vaxidov Avazbek Ashiraliyevich, TDShU xalqaro  reytinglar   bilan ishlash bo’limi boshlig’i Imomova Nilufar Asomiddinovna, ta’lim sifatini nazorat qilish  bo‘limi boshlig’i Maxkamova Saida Xafizovna va o’quv bo’limi boshlig’i Umarova  Saodat Maxkamovnalar TDShU nomidan ishtirok etishib, tajriba va fikrlar almashishdi.

quality_of_education_in_the_context_of_economic_transformation_of

10.06.2023, 12:38 649