Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Jasorat” madaniy-ma’rifiy tadbiri

06.12.2017, 11:34 Yangiliklar 3385

Joriy yilning 5-dekabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutida institutning professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlari o‘rtasida “Jasorat” madaniy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi.

Mazkur tadbirda O‘zbekiston Qurolli kuchlari veterani, zahiradagi polkovnik R.Solihov, Toshkent shahar “Veteran” fahriylar va nogironlar uyushmasi raisi o‘rinbosari, polkovnik R.Rizametov, O‘zbekiston Respublikasi jangchi fahriylari va urush nogironlarini qo‘llab-quvvatlash markazi yetakchi mutaxassisi, Toshkent shahar fahriylari 1-o‘rinbosari B.Raxmatullaev, Toshkent shahar “Vatanparvar” fidoiylar jamoasi direktori J.G‘ulomov, Toshkent shahar “Vatanparvar” fidoiylar jamoasi badiiy rahbari, Mayor A.Xamroyev ishtirok etishdi. Tadbirda O‘zbekiston «Veteran» jangchi-faxriy va nogironlari Birlashmasi Afg‘on urushida va mustaqil Vatanimiz sarhadlarini himoyalashda qatnashgan 60000 dan ortiq jangchi-faxriylarni, halok bo‘lgan jangchilarning oila-a’zolarini va urush nogironlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilgan ishlar borasida so‘z yuritildi.

Tadbir mehmonlari yig‘ilganlarga Vatan sarhadlarini himoyalashda jasorat ko‘rsatgan jangchi-faxriylar to‘g‘risida yoshlarga so‘zlab berdilar. Ekranda qaxramonlarga bag‘ishlangan hujjatli film namoyish etildi. So‘zga chiqqan tadbir ishtirokchilarining Vatanni madh etuvchi qalb so‘zlari va she’rlari, kuy-qo‘shiqlari, namoyish etilgan hujjatli film yig‘ilganlar qalbiga ko‘tarinki ruh baxsh etdi. Shundan so‘ng yig‘ilganlarga talaba-yoshlar “afg‘on urushi” haqida o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va mehmonlar tomonidan batafsil javob oldilar.

photo_2017-12-07_11-37-14