Koreya tadqiqotlari ilmiy-ta’lim markazi
Markaz direktori: | USMANOVA SHOIRA
RUSTAMOVNA |
|
Qabul vaqti: | Payshanba kuni soat 14:00 dan soat 17:00 gacha | |
Tel: | +998 90 348 10 05 | |
e-mail: | shoira_usmanova@tsuos.uz |
Markaz haqida qisqacha ma’lumot:
Koreya tadqiqotlari ilmiy-ta’lim markazi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 16-apreldagi PQ-4680-sonli “Sharqshunoslik sohasida kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori hamda TDSHU Kengashining 2023-yil 30-avgustdagi 1-sonli majlisi qaroriga muvofiq tashkil etilgan.
Markaz vazifalari
- Koreya madaniyati, tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosati va koreys tilini har tomonlama chuqur oʻrganishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda Oʻzbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasining oʻzaro hamkorlik munosabatlarini yanada rivojlantirish nuqtayi nazaridan oʻrganish;
- Koreyashunoslik yoʻnalishida ilmiy-pedagogik xodimlarni tayyorlash hamda mahalliy va koreyalik hamkorlar bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, xususan, ilmiy loyihalar, dissertatsiyalar, monografiyalar va ilmiy maqolalar tayyorlash;
- Koreya va O‘zbekistondagi til vaziyati, koreys va o‘zbek tillarini, koreys va o‘zbek madaniyatini qiyosiy oʻrganishga yoʻnaltirilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda uning natijalarini taʼlim jarayoniga bevosita qoʻllash orqali koreys va o‘zbek tillari va madaniyatini dunyo miqyosida targʻib etish;
- Koreyashunoslik tadqiqi hamda Koreya Respublikasidagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyatinining tahlili asosida universitet bakalavrlik va magistrlik oʻquv rejalaridagi til, adabiyot, tarix, iqtisodiyot va siyosatshunoslik bilan bogʻliq kurslar oʻquv dasturlarining mazmun-mohiyatiga zamon ruhi singdirilgan tavsiyalar ishlab chiqish;
- Koreya madaniyati, tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosati va koreys tiliga oid asarlarni o‘zbek tiliga va aksincha, O‘zbekiston madaniyati, tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosati va o‘zbek tiliga oid asarlarni tarjima va nashr qilish orqali har ikki mamlakat qadriyatlari va milliy madaniy merosini dunyoga tanitish;
- Koreyashunoslikning rivoji, taraqqiyoti va istiqboli boʻyicha Koreya Respublikasining hamkor OTMlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va xalqaro tashkilotlari bilan turli darajalarda ilmiy konferensiya, seminar va davra suhbatlari oʻtkazish;
- Ilmiy seminarlar, davra suhbatlari va turli ilmiy anjumanlar tashkil etish orqali oʻqituvchilar, ilmiy tadqiqotchilar malakasini oshirib borish;
- Markaz ilmiy-tadqiqot natijalarini muntazam ravishda yoritib borish uchun Koreya fondi, Koreyashunoslik ilmiy-tadqiqot Akademiyasi ko‘magida yilda to‘rt marotaba “Koreya tadqiqotlari” xalqaro ilmiy jurnalini nashr etish, shuningdek, markaz faoliyati bilan tanishtiruvchi materiallar va soha boʻyicha erishilgan ilmiy natijalarni respublika va universitet nashrlarida muntazam chop etib borish;
- Respublikada ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan o‘qituvchilar, doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun markaz qoshida “Ilmiy ish yozish asoslari” kurslarini tashkil etish;
- Markaz ishiga yurtimiz va Koreya Respublikasida faoliyat olib borayotgan yetakchi koreyashunos olimlarni jalb qilish;
- Koreya madaniyati, tarixi, adabiyoti, iqtisodi, siyosati va koreys tilini tadqiq va tahlil eta oladigan koreyashunos mutaxassislarning yangi avlodini shakllantirishda faol ishtirok etish;
- Iqtidorli talabalar, magistrantlar, doktorantlar bilan birgalikda startap, innovatsion loyihalar ishlab chiqish, Koreya Respublikasining yetakchi ilmiy-tadqiqot markazlari va OTMlari bilan hamkorlikda ilmiy seminarlar va loyihalar taqdimotlarini oʻtkazish;
- Universitetda koreyashunoslik yoʻnalishida bajariladigan tadqiqot ishlarini oʻz vaqtida bajarilishini monitoring qilish va ijrosini taʼminlash.