Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Koreyashunoslik fakulteti

 Shoira opa Usmanova Shoira Rustamovna
Ilmiy darajasi va unvoni filologiya fanlari doktori, professor
Lavozimi: Fakultet dekani
Qabul vaqtlari: Har kuni (14:00 – 16:00)
Tel.: +998903481005
E-mail: shoira_usmanova@tsuos.uz

      O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2017-yil noyabr oyida Koreya Respublikasiga amalga oshirgan davlat tashrifi natijasida barcha sohalarda mazkur davlat bilan ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirishga qaratilgan “Yo‘l xaritalari” ishlab chiqildi. Ularda belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun ijtimoiy-gumanitar va iqtisod sohalari bo‘yicha koreys tilini biladigan yuqori malakali mutaxassislarga respublikamizda ehtiyoj yanada ortgani kuzatildi. Bu o‘z navbatida, ilg‘or xorijiy ta’lim uslublarini joriy etish asosida        Koreya tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyoti sohasida chuqur bilimlarga ega bo‘lgan va koreys tilida erkin muloqot qila oladigan yuqori malakali koreyashunos mutaxassislar tayyorlashni taqozo etdi. Buning natijasi o‘laroq O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining roziligi bilan 2018-yil 2-iyulda Koreyashunoslik fakulteti ochildi.

       Koreyashunoslik fakulteti nafaqat O‘zbekiston, balki Osiyoda yagona fakultet bo‘lib, ushbu dargohda koreyashunoslik sohasida kompleks umumdarajaga ega bo‘lgan filolog va tarjimon kadrlar yetishtirish bilan birga, Koreya va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy, siyosiy, ilmiy va madaniy aloqalarni rivojlantirishga katta hissa qo‘shadigan yuqori malakali mutaxassislar ham tayyorlanadi.

         Hozirgi kunda fakultetda 377 nafar talaba, 14 nafar magistrant, 5 nafar doktorant tahsil olmoqda. Fakultetda 32 nafar ilmiy-akademik salohiyatga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchi faoliyat olib boradi. Ulardan 6 nafari koreyalik professor-o‘qituvchilardir.   Fakultetda 5 nafar fan doktori,8 nafar fan nomzodi faoliyat olib bormoqda.

Fakultetda “Koreys filologiyasi” hamda “Koreya tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyoti” kafedrasi kafedralari mavjud.

     Koreys filologiyasi kafedrasi. Bugungi kunda koreys filologiyasi kafedrasi keng ko‘lamdagi mutaxassislar bo‘yicha filolog-koreyashunoslarni tayyorlovchi markaz hisoblanadi.  Ta’lim olish ikki – bakalavriat va magustratura bosqichlarida olib boriladi. Kafedra bakalavriat bosqichida “Filologiya va tillarni o‘qitish” (sharq tillari) bo‘yicha talabalarni tayyorlaydi. Magistratura bosqichida “Lingvistika” (koreys tili) va “Adabiyotshunoslik” (koreys adabiyoti) mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi. Shu bilan birga, kafedra o‘qituvchilari xorijiy mamlakatlar tarixi, Sharq falsafasi, Uzoq Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik kafedralarida ham ma’ruza va amaliy soatlarni olib borishadi. Kafedrada 21 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib boradi. Shuningdek 5 nafar Koreya Respublikasidan kelgan chet ellik mutaxassislar ham ta’lim beradi.

      Koreys filologiyasi kafedrasida bakalavr yo‘nalishi va magistratura bosqichida quyidagi fanlar o‘qitiladi: Asosiy sharq tili, Asosiy sharq (koreys) tili amaliy fonetikasi, Asosiy sharq (koreys) tili yozuv tizimi (tanlov fan), Sharqshunoslikka kirish, Tili o‘rganilayotgan mamlakat adabiyoti (Koreya), Asosiy sharq (koreys) tili filologiyasiga kirish (tanlov fan), Asosiy sharq (koreys) tili leksikologiyasi (tanlov fan), Madaniyatlararo muloqot, Qo‘shimcha sharq (koreys) tili, Sharq tillarini o‘qitish metodikasi, Sinxron tarjima, Asosiy sharq tili nazariy grammatikasi,Sharq xalqlari adabiyotida adabiy oqimlar, Lingvistika (koreys tili) mutaxassisligi: Mutaxassislikning nazariy masalalari,  Mutaxassislikka oid maxsus adabiyot tahlili,  O‘rganilayotgan mamlakatda til vaziyati va siyosati,  O‘rganilayotgan til stilistikasi,  O‘rganilayotgan til tarixi, O‘rganilayotgan til shevashunosligi, Sinxron tarjima nazariyasi va amaliyoti,  O‘rganilayotgan tilda grammatik atamalar, OAV tilida fe’l shakllarining semantik xususiyatlari, O‘rganilayotgan tilda biznes muloqoti xususiyatlari, Adabiyotshunoslik (koreys adabiyoti) mutaxassisligi, Mutaxassislikka oid maxsus adabiyot tahlili, Sharq adabiyoti jahon adabiyoti kontekstida, Sharq xalqlari folklori, O‘rganilayotgan mamlakatdagi zamonaviy adabiy oqimlar va yo‘nalishlar.

“Koreya tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyoti” kafedrasi. Kafedra 2018-yilda “Tinch okeani mintaqasi va Janubi-Sharqiy Osiyo iqtisodiyoti va mintaqaviy tadqiqotlar” kafedrasidan ajralib chiqib, 7 shtat birligidan iborat “Koreya iqtisodiyoti va siyosati” kafedrasi nomini oldi. 2020-yilda kafedra faoliyati “Koreya tarixi va madaniyati” kafedrasi bilan birlashish hisobiga kengayib, 11 ta shtat birligini ichiga olgan “Koreya tarixi, madaniyati, siyosati va iqtisodiyoti” kafedrasiga aylantirildi.

Ta’lim olish ikki – bakalavriat va magustratura bosqichlarida olib boriladi. Kafedra bakalavriat bosqichida quyidagi fanlar o‘qitiladi: Koreya tarixi, Koreyaning siyosiy madaniyati, Koreya iqtisodiyoti, O‘rganilayotgan mintaqa iqtisodiy geografiyasi, Koreyaning bank va moliya tizimi, Koreys tili, Siyosatshunoslik, Jahon siyosati, Siyosiy tahlil, Geosiyosat, Jahon siyosati va Xalqaro munosabatlar nazariyasi, Iqtisodiy diplomatiya va b.

Magistratura bosqichida quyidagi fanlar o‘qitiladi: O‘ganilayotgan mamlakatlar ijtimoiy-iqtisodiy siyosati, O‘rganilayotgan mintaqa mamlakatlarida ilmiy-texnika va innovatsiya siyosati, O‘rganilayotgan mintaqa mamlakatlari xalqaro reyting tizimlarida va h.k.

Fakultetning xalqaro aloqalari:

  1. Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi qoshidagi Koreya Ta’lim markazi (Korean Education Center)
  2. KOICA (Koreya Xalqaro Hamkorlik Agentligi)
  3. Koreya Fondi (Korea Foundation)
  4. Koreyashunoslik Akademiyasi (Academy of Korean Studies)
  5. O‘zbekistondagi Koreya Biznes assotsiatsiyasi (Korea Business Association in Uzbekistan)
  6. Xanyang universiteti (Hanyang University)
  7. Xanshin universiteti (Hanshin University)
  8. Xankuk Chet tillari universiteti (Hankuk University of Foreign Studies)
  9. Busan Chet tillari universiteti (Busan University of Foreign Studies)
  10.  Handong global universiteti (Handong Global University)
  11.  Sunchon Milliy universiteti (Sunchon National Universitety)
  12.  Kyungdong universiteti (Kyungdong Universitety)
  13.  Sangmyung universiteti (Sangmyung Universitety)
  14.  Keymyung universiteti (Keimyung Universitety)
  15. Chung-ang universiteti (Chung-ang Universitety)
  16. Kukmin universiteti (Kookmin University)
  17. Dong-A universiteti (Dong-A Universitety)
  18. Sungkyul universiteti (Sungkyul Universitety)
  19. Seojeong universiteti (Seojeong Universitety)
  20. Chonbuk milliy universiteti (Chonbuk National Universitety

      Qo‘shma ta’lim dasturi. 2019-yilning sentabr oyidan Koreya Respublikasining Sangmyung universiteti bilan 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (Koreys tili va madaniyati) yo‘nalishi va Kyungdong universiteti bilan 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (Koreyashunoslik) yo‘nalishlari bo‘yicha 2+2 dasturi asosida qo‘shma ta’lim dasturi amalga oshirildi. Hozirda mazkur dastur asosida 19 nafar talabalar tahsil olmoqda.

     Qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha quyidagi fanlar o‘qitiladi: Koreys tili (2 kurs) (Sangmyong), Koreys adabiyoti, Adabiyotshunoslikka kirish,  Mumtoz koreys adabiyotini o‘qish va praktikum, Koreys tili leksikologiyasi, Koreys tili nazariy grammatikasi,  Koreys tilida talaffuzini o‘qitish nazariyasi, Koreys tilida fikrni ifodalash nazariyasini o‘rgatish, Koreys filologiyasiga kirish, Sotsiolingvistika, Tilshunoslikka kirish.

      Fakultet bitiruvchilari: Koreyashunoslik fakulteti bitiruvchilari koreys tilidan keng foydalanuvchi chet mamlakatlar bilan aloqaga ega davlat muassasalari va tijorat tashkilotlarida muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqdalar. Fakultet bitiruvchilari Koreya iqtisodiyoti va siyosati bo‘yicha biznesmen va tadbirkor, maslahatchi va ekspertlar qatoriga qo‘shiladilar. Ular orasida diplomatiya sohasidagi xodimlar, firma rahbarlari, savdo-sotiq vakillari, turizm va mehmonxona ishi bo‘yicha menedjerlar, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib boradigan ko‘plab koreys korxonalarida xodim, gid-tarjimon, oliy va o‘rta maxsus o‘quv muassasalarida o‘qituvchi va ilmiy xodim, bojxona va soliq inspeksiyasi maslahatchisi singarilar ko‘pchilikni tashkil qiladi.

Koreyashunoslik fakulteti bitiruvchilari har tomonlama to‘liq tayyorlov natijasida respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalarida, Koreya Respublikasining yetakchi universitetlari va boshqa nufuzli xorijiy o‘quv muassasalaridagi koreys tili va adabiyoti, Koreya tarixi, Koreya siyosati, Koreya iqtisodiyoti va yuridik mutaxassisliklar bo‘yicha magistraturalarga muvaffaqiyatli kirib ta’lim oladilar. Magistraturadan keyin doktoranturada tahsil oladilar.

photo_2021-11-07_02-30-54 photo_2021-11-07_02-31-44 photo_2021-11-07_02-31-48 photo_2021-11-07_02-31-51 photo_2021-11-07_02-32-03 photo_2021-11-07_02-32-08 photo_2021-11-07_02-32-13 photo_2021-11-07_02-32-16 photo_2021-11-07_02-32-25 photo_2021-11-07_02-32-37 photo_2021-11-07_02-32-41 photo_2021-11-07_02-32-43 photo_2021-11-07_02-32-46 photo_2021-11-07_02-32-49 photo_2021-11-07_02-32-51 photo_2021-11-07_02-32-54 photo_2021-11-07_02-32-57                photo_2021-11-07_02-33-00                photo_2021-11-07_02-33-04

 

07.06.2024, 10:25 31489