Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“League of prodigy” (LP) klubining ochilish marosimi

12.04.2018, 22:23 Yangiliklar 3001

Bugun institutimizning Madaniyat saroyida Jahon siyosati, tarixi va falsafa fakultetining tashabbuskor 1-bosqich talabalari tomonidan tashkil qiligan “League of prodigy” (LP) klubining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Tadbir musobaqa ko’rinishida tashkil etildi hamda unda ToshDSHI ning TSIOS 1 (Asosiy bino), TSIOS 2 (Oybek), Turin politexnika universitetining POLITO jamoasi va Toshkentdagi xalqaro Vestminster universitetining WIUT jamoalari ishtirok etishdi. Ishtirokchilar 3 shart: mantiqiy savollarga javob berish, xorijiy tillarni samarali o’rganish bo’yicha innovatsion g’oya berish hamda video savol sharti boyicha o’zaro musobaqalashdilar. Musobaqani ingliz tilidan puxta bilimga ega bolgan professor-o’qituvchilar baholab bordilar. Yakuniy natijalariga ko’ra institutimizning TSIOS 1 (Asosiy bino) jamoasi g’olib deb topildi. Tadbir yakunida barcha ishtirokchilar esdalik sovg’alari va sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

Ma’lumot uchun: Ingliz tilini puxta biluvchi yoshlarni o’zida mujassamlashtirgan LP klubi institutning barcha talabalariga ingliz tilidan bilimlarini oshirishga yordam berishga tayyordir. Klub faoliyati 3 yo’nalishda olib boriladi: og’zaki nutqni o’stirish (speaking club, movie club), ingliz tilidan o’zbek va rus tillariga tarjimalarni amalga oshirish, ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda tadqiqotlar natijalarini chop ettirishda ko’mak berish. O’z bilimlarini oshirmoqchi bo’lgan barcha talabalarni ushbu klubga qo’shilishga taklif etamiz.

photo_2018-04-12_22-21-27 photo_2018-04-12_22-21-40 photo_2018-04-12_22-21-50 photo_2018-04-12_22-21-55 photo_2018-04-12_22-22-09 photo_2018-04-12_22-22-45