Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Malay-Indonez adabiyoti rivojida Amir Hamzah she’riyatining o’rni

08.06.2017, 20:51 Uncategorized 4296

Malay-Indonez adabiyoti – dunyoning eng yosh adabiyotlaridan biridir. XX asr indonez adabiyotining shakllanishida muhim davr hisoblanadi.

XX asr indonez adabiyotida o’rta asr malay adabiyotining kuchli ta’siri seziladi. Indonez she’riyati malay adabiyotining bevosita davomi emas, lekin malay poeziyasi ildiziga borib taqaladi. Bu umumiylik, malay adabiyotidagi an’anaviy obrazlar va badiiy vositalarni ifoda etganligida ko’rinadi.

XX asr she’riyatida romantik kayfiyat yetakchilik qilib, Indoneziyaning o’tish davriga to’g’ri keladi.  Bu romantik g’oyalar o’zi bilan umumqoidalarning o’zgarishiga olib keladi. O’sha davrdagi betartib siyosat, davrlar ustidan, uning madaniyati borasidagi betartib qarorlarga nisbatan salbiy reaksiyasini ko’rsatadi.  XX asr adabiyotiga nazar solganimizda shuni anglash mumkinki, bu vaqt indonez adabiyotida qaysidir ma’noda o’zlikni anglashga intilish, o’zlikni qidirish va hayotni, orzularu maqsadlarni yangicha  talqin qilish fikrlari asosiy o’rinni egallaydi.

She’riyatda miflarga murojaat qilish, qadimiy malay adabiyotiga oid qahramonlar haqida yozish urf bo’ldi. Bu holat har bir shoirda uning dunyoqarashi, qiziqishlaridan kelib chiqib o’zgacha talqin qilingan.

Yana bir muhim tomonlaridan biri, bu XX asrning 1 yarim yilligidagi shoirlarining she’rlaridagi lug’at boyligidir. Bu adabiyotga bevosita ta’sirini o’tkazib, o’zaro shoirlarning she’riyat tiliga ham ta’sir qildi. Osha davr shoirlarining  she’r tematikasi ham bir biriga o’xshab ketardi. Masalan, vatan, sevgi, ilohiy sevgi, milliy o’zlikni anglash va hokazolar shular jumlasidandir.

She’rlarda shoirning shaxsiy qiziqishlari hamda umumiy urf bo’lgan mavzular asosida ijod qilar edilar.

Ayniqsa XX asrda ijod qilgan shoirlar orasida Amir Hamzah milliy ozodlik kuychisi, an’anaviy malay she’riyati qoidalariga rioya qiluvchi she’rlari mazmuni orqali jamiyatdagi illatlarni fosh etish hamda ichki kechinmalari, ilohiy va insonga bo’lgan ishqni kuylovchi shoirlardan biri bo’lgan edi.

Amir Hamzah Indoneziya qahramoni – chunki u vatan uchun qay’gurib ijod qiligan serqirra ijodkordir.

Vatan, sevgi, muhabbat, ilohiy muhabbat, muqaddas kitoblardagi (Qur’on, Injil va h.z.) lavhalar uning she’ridagi asosiy mavzular ko’lamini tashkil etgan.

Amir Hamzah 52 ta original she’r, 18 ta lirik proza, 13ta original prozalar muallifidir. Shuningdek, indonez tilida yozilgan  “Sastra Melajoe Lama dan Radja-Rajdanja (Qadimiy malay adabiyoti va uning qirollari)” kitobi muallifi hamdir.[1]

Yozgan she’riy to’plamlari.

  • Nyanyi Sunyi [Jimjitlik qo’shig’i]. Jakarta: Poedjangga Baroe. 1937.
  • Buah Rindu [Sog’inch mevasi]. Jakarta: Poedjangga Baroe. 1939.
  • Setanggi Timur [Sharq chirog’i]. Jakarta: Poedjangga Baroe. 1939.

 

Bekkulov Erkin Raimovich

 

  • [1] Sastra Melajoe Lama dan Radja-Rajdanja (Qadimiy malay adabiyoti va uning qirollari) Medan: Tjerdas.