Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Men o‘z ovozimni yurtim kelajagi uchun berdim!

24.10.2021, 11:00 Yangiliklar 1285

Uzoq kutilgan va har birimizning mas’uliyatimizni namoyish etuvchi kun ham keldi!

Demokratik saylov va unga tayyorgarlik jarayonida ko‘p fikrlilik, ochiq va oshkora munozaralar, siyosiy partiya nomzodlarining dasturlar iyuzasidan tashkil etilgan debatlar va bu bo‘yicha muhokamalar fuqarolarimizning naqadar faollashganini ko‘rib shu mamlakatning bir ziyolisi sifatida juda quvondim.

Saylovchilarning anchayin katta qismi yoshlar ekanligiga e’tibor qaratsak, bu kunga tayyorgarlik jarayonlarida ularning o‘z fuqarolik huquqlaridan foydalanish va burchlarini bajarishga doir turli chaqiriqlari, OAVda, ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari albatta kelajakka ishonchni orttiradi. Chunki, ertangi kunimizda jamiyatni harakatga keltiruvchi kuch, belgilagan maqsadlarimizga yetkazguvchi aynan intiluvchan yoshlarimiz!

O‘z ovozimiz bilan yangi O‘zbekistonning yangi sahifasi ochilishiga hissa qo‘shganimiz, o‘z kelajagimizga befarq emasligimizdan dalolat deb bilaman.

Farzandu nabiralarimiz, aziz  talabalarimizning erkin yurtda erkin ijod qilib, tomirlarida buyuk bobolarimiz qoni borligini amaldagi ishlari bilan ko‘rsatib, boshi baland bo‘lib yurishi, o‘z yurtidan hamisha faxrlanib yashashini ta’minlashda bugungi kun – 2021 yilning 24 oktyabri tarix sahifalarida qoladi!

Siz ham saylovda ovoz berdingizmi?

TDSHU rektori

Rixsiyeva Gulchexra Shavkatovna