Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Ona tili – millatning ruhi

23.10.2016, 20:01 Yangiliklar 5088

2016-yil 21-oktabrda Toshkent davlat sharqshunoslik institutida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunga bag‘ishlab “Ona tili – millatning ruhi” nomli badiiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir avvalida institut rektori f.f.d., professor A.Mannonov so‘zga chiqib, Ona tilimizga davlat tili maqomi berilganligiga 27 yil to‘lishi munosabati bilan barchani tabrikladi.

Tilimizning naqadar so‘zga boyligi, uning imkoniyatlari xususida gapirib o‘tdi. Ona tilimizning sofligini saqlash, uni ardoqlash, rivojlantirish va kelajak avlodga o‘z xususiyatini saqlagan holda yetkazish ona tilimizning boqiyligi uchun xizmat qilishini aytdi. Shuningdek, tadbirda yetuk tilshunos olim Omonulla Madayev, shoir Ikrom Otamurod, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Muqaddas Xoliqova va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Shuxrat Qayumovlar so‘zga chiqishdi. Tadbirning badiiy qismida institutning bir guruh iqtidorli talabalari ona tilimizga bag‘ishlangan turli xil sahna ko‘rinishlarini namoyish qilib, she’rlar, qo‘shiqlar aytishdi. Shu bilan bir qatorda institutda Xorijdan kelib taxsil olayotgan talabalar barchani lol qoldirib sof o‘zbek tilida bayram bilan qutlab, qo‘shiq kuyladilar. Tadbir ko‘taringki ruhda o‘tib, barchada katta taassurot qoldirdi.

2410-10

 TDSHI Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi