Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Rektor G.Rixsiyeva boshchiligidagi TDSHU vakillari Xalqaro forumda ishtirok etmoqda

22.11.2023, 14:23 Yangiliklar 390

22-23-noyabr kunlari Samarqand shahrida “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha O‘zbekiston va Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar tajribasi” mavzusida Xalqaro forum bo‘lib o‘tmoqda.

photo_2023-11-22_10-03-06

Mazkur forumda Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlardan hukumat a’zolari, vazirlik va idoralar mas’ullari qatnashmoqda.

Unda rektor G.Sh.Rixsiyeva boshchiligidagi TDSHU vakillari xam ishtirok etmoqda.

photo_2023-11-22_10-03-08

Forumning asosiy tadbirlari, bugun 22 noyabr kuni bo‘lib o‘tmoqdi va unda xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning qarorlar qabul qilishdagi ishtirokini kengaytirish,  gender tengligini ta’minlash, ta’lim olish imoniyatlarini oshirish, innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va ITga keng jalb etish, ayollarning ijtimoiy muammolarini o‘rganish va tizimli hal etish mexanizmlari, globallashuv jarayonlarida oilaviy qadriyatlarni saqlash hamda oila institutini mustahkamlash va boshqa masalalar muhokama etilishi ko‘zda tutilgan.