TDSHUda «Oila-muqaddas!» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Bugun Sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti talabalari uchun «Oila-muqaddas!» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda universitet katta inspektori podpolkovnik T. Isamuhamedov, Mirobod tumani IIB xodimlari podpolkovnik M. Jahonova, mayor M. Kamolova, mayor S. Baxmedova universitet xotin-qizlar kengashi raisi Sh. Zainutdinova va talabalar ishtirok etishdi.
Suhbat davomida oilada er- xotin munosabatlari, turli xil nizoli vaziyatlarning oldini olish, erta nikohning salbiy oqibatlari kabi masalalar yuzasidan maʼlumotlar berildi. Shuningdek «Farzand omonat» nomli film namoyish etildi. Filmdagi jarayonlar yuzasidan talabalar savollariga mutaxassislar tomonidan javob berildi. Jonli muloqot tarzida o‘tgan bugungi davra suhbati talabalarga manzur bo‘ldi.