Телефон доверия / Колл-центр
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUda «Oila-muqaddas!» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi

01.03.2023, 16:33 Новости 1199

Bugun Sharq filologiyasi va tarjimashunoslik fakulteti talabalari uchun «Oila-muqaddas!» mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda universitet katta inspektori podpolkovnik T. Isamuhamedov, Mirobod tumani IIB xodimlari podpolkovnik M. Jahonova, mayor M. Kamolova, mayor S. Baxmedova universitet xotin-qizlar kengashi raisi Sh. Zainutdinova va talabalar ishtirok etishdi.
Suhbat davomida  oilada er- xotin munosabatlari, turli xil nizoli vaziyatlarning oldini olish, erta nikohning salbiy oqibatlari kabi masalalar yuzasidan maʼlumotlar berildi. Shuningdek «Farzand omonat» nomli film namoyish etildi. Filmdagi jarayonlar yuzasidan talabalar  savollariga mutaxassislar tomonidan javob berildi. Jonli muloqot tarzida o‘tgan bugungi davra suhbati talabalarga manzur bo‘ldi.