Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

“Sharq xalqlari adabiyoti: buguni va ertasi” mavzusi bo‘yicha an’anaviy konferensiya

11.03.2022, 16:43 Yangiliklar 1198

     Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Sharq mamlakatlari adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik” kafedrasi tomonidan 2022-yil 10-mart kuni filologiya yo‘nalishi bo‘yicha magistrant va talabalarning “Sharq xalqlari adabiyoti: buguni va ertasi” mavzusi bo‘yicha an’anaviy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

    Konferensiyada Adabiyotshunoslik mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan magistrantlar, filologiya yo‘nalishidagi adabiyotga qiziquvchi barcha yonalishda tahsil olayotgan talabalar qatnashdilar.

    Konferensiyada talabalar tomonidan arab, hind, fors, afg‘on, xitoy, yapon, indonez, turk adabiyoti, Ogahiy ijodi bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari, yangiliklari, kichik ilmiy kashfiyotlari ma’ruzalar qilindi. Konferensiya ilmiy, yuqori saviyada davom etdi. Anjuman ilm yo‘liga kirib kelayotgan yoshlarga kafedra professor, ustozlari tomonidan zarur maslahatlar, yo‘nalishlar berildi.

     Anjuman so‘nggida qatnashuvchilar sertifikatlar bilan taqdirlandilar.

photo_2022-03-11_16-42-58 photo_2022-03-11_16-43-02 photo_2022-03-11_16-43-06