Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Talabalar bilan ochiq muloqot davom etmoqda

28.10.2017, 18:24 Yangiliklar 3416

Joriy yilning 27-oktabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rahbariyatining talaba-yoshlar bilan navbatdagi ochiq muloqoti tashkil etildi. Unda institut rahbariyati, fakultetlar rahbarlari, professor-o‘qituvchilar, Yoshlar ittifoqi institut BT yetakchilari va talaba-yoshlar ishtirok etdilar.
Yig‘ilishda institut rektori filologiya fanlari doktori, professor A.Mannonov talaba-yoshlarni institutda amalga oshirilayotgan ishlar, mazkur institutning o‘z an’analari, bu yerda kamol topgan mashhur ustoz sharqshunoslar to‘g‘risida, oldingi o‘quv tizimi bilan hozirgi o‘quv sharoitlari o‘rtasidagi keskin farqlar, hozirda Respublika rahbariyatining yoshlarga ilm olishlari uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar hamda institutda olib borilishi rejalashtirilayotgan ta’mirlash ishlari haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, u talabalardan “Institut professor-o‘qituvchilari berayotgan dars mashg‘ulotlaridan qoniqish hosil qilinayaptimi” – degan savollar bilan ham talabalarga murojaat etdi.
Tadbir so‘ngida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan institut rektoriga murojaat etib, tegishli javoblar oldilar.

photo_2017-11-01_18-23-18 photo_2017-11-01_18-23-25

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi