Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU ilk bora Innovatsiyalar bo‘yicha Jahon universitetlari reytinggida (WURI) Top-100 talikda

11.06.2024, 14:58 Yangiliklar 155

Joriy yilning 7-iyun kuni Shvetsariyaning Stokgolm shahrida “Innovatsiyalar bo‘yicha Jahon universitetlari reytingi” (WURI – The World University Rankings for Innovation) xalqaro reyting agentligining 2024-yil bo‘yicha natijalarni e’lon qilindi. Unda Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti ilk bora mazkur xalqaro reytingda qatnashib, “Sanoat ilovasini yaratish” – (Industrial application) yo‘nalishida 2-o‘rinni egalladi.

Ma’lumot uchun Innovatsiyalar bo‘yicha Jahon universitetlari reytingi (The WURI) oliy ta’lim muassasalarining innovatsion ta’lim, tadqiqot va jamiyatga aloqadorligini ta’kidlab, sanoat va jamiyatga qo‘shgan real hissasini baholaydi. 13 ta yo‘nalishdan foydalangan holda, u innovatsiya maqsadlari va usullarini o‘z ichiga oladi va institutlarning jamiyat taraqqiyotiga ijodiy hissalarini har tomonlama o‘lchashni taklif qiladi. Reyting ushbu innovatsion yondashuvlarda ustun bo‘lgan oliy ta’lim muassasalarini ajratib ko‘rsatishga qaratilgan bo‘lib, shu bilan akademik va ijtimoiy sohadagi yutuqlarni namoyon etadi.