Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU lider qizlar klubi o‘z faoliyatini boshlaydi

23.12.2021, 10:28 Yangiliklar 1742

Aziz sharqshunos-talaba qizlar!
Siz o‘z sohangizda yetakchi bo‘lmoqchimisiz?
Qizlarga oid masalalarni mamlakat bo‘yicha hal qilish yuzasidan jamoaviy takliflar ishlab chiqishda hissangizni qo‘shmoqchimisiz?
Sharqshunoslik bo‘yicha ilm-fan yo‘nalishida liderlar safiga qo‘shilmoqchimisiz?

Unday bo‘lsa, fakultet dekanining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchilariga murojaat qiling va klubga a’zolikka yoziling.

Muddat: 10.01.2022.

Ushbu muntazam ishlaydigan klub ishini TDSHU rektori Rixsiyeva Gulchehra Shavkatovna boshqaradi va Sizni juda qiziqarli uchrashuvlar, loyihalar va dasturlar kutmoqda.

TDSHU Matbuot xizmati