Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU rektori O‘zbekiston–Xitoy munosabatlariga bag‘ishlangan xalqaro forumda ishtirok etmoqda

06.06.2026, 12:52 Yangiliklar 555

2026-yil 6–8-iyun kunlari Xitoy Xalq Respublikasining Shanxay shahrida “Top-20” tahliliy markazlarining O‘zbekiston–Xitoy munosabatlariga bag‘ishlangan xalqaro forumi bo‘lib o‘tmoqda.

“Yangi bosqichdagi O‘zbekiston–Xitoy munosabatlari: umumiy qarash va umumiy kelajak” mavzusida tashkil etilgan mazkur nufuzli anjumanda O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori, professor Gulchehra Rixsiyeva ham ishtirok etmoqda.

Forum doirasida professor Gulchehra Rixsiyeva “O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ijtimoiy-gumanitar aloqalarning rivojlanishi hamda bu jarayonda oliy ta’limning o‘rni” mavzusida ma’ruza qildi.