Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

TDSHU va Universiti Sains Islam Malaysia o‘rtasida hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi

15.07.2026, 11:31 Yangiliklar 24

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Universiti Sains Islam Malaysia (USIM) vakillari o‘rtasida ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va istiqbolli yo‘nalishlarni belgilash maqsadida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida TDSHU Iqtisodiyot va menejment kafedrasi hamda USIMning tegishli fakultetlari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar olib borish, seminar va konferensiyalar tashkil etish hamda tajriba almashish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek tomonlar talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, akademik mobillik, talabalar amaliyoti hamda professor-o‘qituvchilar uchun malaka oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘yish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar.

Bundan tashqari, tomonlar yakuniy bosqichga yetgan Hamkorlik memorandumi (MoU)ni yaqin muddatlarda imzolash hamda uning amaliy ijrosini ta’minlash maqsadida qo‘shma «Yo‘l xaritasi» ni ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
Uchrashuv yakunida ikki universitet vakillari o‘zaro hamkorlikni izchil rivojlantirish, yangi akademik tashabbuslarni amalga oshirish hamda ta’lim va ilm-fan sohalaridagi aloqalarni yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.