TDSHUda “Husni xulq” loyihasi doirasida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2026-yil 5-iyun kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Tarjimashunoslik, tilshunoslik va xalqaro jurnalistika oliy maktabida “Husni xulq” loyihasi doirasida “Hayot maktabi va ilm yo‘lidagi ibrat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.
Tadbirda professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar hamda soha vakillari ishtirok etib, hayotiy tajriba, ilm-fan yo‘lida erishilgan yutuqlar, yoshlarning ma’naviy kamoloti va axloqiy fazilatlarini rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Uchrashuv davomida ilm olish, halollik, mas’uliyat, sabr-toqat va yuksak insoniy fazilatlarning shaxs kamolotidagi o‘rni haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, yoshlarga hayotda to‘g‘ri maqsad qo‘yish, o‘z ustida muntazam ishlash va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shish borasida tavsiyalar berildi.
Tadbir talabalarda ilm-fanga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, ularni ezgu fazilatlar ruhida tarbiyalash hamda hayotiy tajribalardan saboq olishga undashga xizmat qildi. Uchrashuv yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.





