TDSHUda Oʻzbekiston va Yaponiyaning xalqaro mehnat bozoridagi oʻrniga bagʻishlangan xalqaro binar maʼruza boʻlib oʻtdi
2026-yil 11-sentabr kuni iqtisod fanlari doktori, professor va diplomat B.A. Islamov moderatorligida xalqaro binar maʼruza boʻlib oʻtdi.
Unda Yaponiyaning Hokkaydo universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti (TDShU) Iqtisodiyot va menejment kafedrasi hamda Barqaror iqtisodiy rivojlanish ilmiy markazi professor-oʻqituvchilari — Tabata Shinichiro, Tabata Tomoko, Konno Yugo, Z.A. Kadirova va S.S. Gaziyevalar maʼruzachi sifatida ishtirok etdilar.
Tadbir BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM), xususan, 8, 9, 16 va 17-maqsadlar doirasida tashkil etildi. Unda Oʻzbekiston va Yaponiyaning xalqaro mehnat bozoridagi oʻrni hamda bu boradagi oʻzaro hamkorlik imkoniyatlari atroflicha tahlil qilindi.



