TDSHUga Turkiya Respublikasi Hisob palatasi raisi Metin Yener janoblari boshchiligidagi delegatsiya vakillari tashrif buyurdi

2025-yil 5-may kuni TDSHUga Turkiya Respublikasi Hisob palatasi raisi Metin Yener janoblari boshchiligidagi delegatsiya vakillari tashrif buyurdi
Tashrif doirasida mehmonlar universitet faoliyati, xalqaro hamkorlik aloqalari, ilmiy-tadqiqot ishlari va talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, TDSHU bilan akademik almashinuv, qo‘shma ilmiy loyihalar va ilmiy-amaliy seminarlar o‘tkazish rejalashtirildi.