TDSHUga Yaponiyaning “Japan Reigi-Sahou” assotsiatsiyasi delegatsiyasi tashrif buyurdi
2023- yil 19- sentabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Yaponiyaning “Japan Reigi-Sahou” assotsiatsiyasi direktori Norio Amemiya rahbarligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Tashrif chog’ida ikki tomonlama hamkorlik masalalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi. O‘tkazilgan muzokaralar natijasida, Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Turizm yo‘nalishida tahsil olayotgan 40 nafar talabaning Yaponiya mehmonxonalarida amaliyotni o‘tashiga kelishib olindi.
Uchrashuv so’nggida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Yaponiyaning “Japan Reigi-Sahou” assotsiatsiyasi oʻrtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Rasmiy uchrashuvdan so‘ng, delegatsiya vakillari Yaponshunoslik fakultetining faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.