Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHUga Yaponiyaning “Japan Reigi-Sahou” assotsiatsiyasi delegatsiyasi tashrif buyurdi

19.09.2023, 16:08 Yangiliklar 782

2023- yil 19- sentabr kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universitetiga Yaponiyaning “Japan Reigi-Sahou” assotsiatsiyasi direktori Norio Amemiya rahbarligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.

IMG_6505

Tashrif chog’ida ikki tomonlama hamkorlik masalalari va istiqboldagi rejalar muhokama qilindi. O‘tkazilgan muzokaralar natijasida, Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Turizm yo‘nalishida tahsil olayotgan 40 nafar talabaning Yaponiya mehmonxonalarida amaliyotni o‘tashiga kelishib olindi.

IMG_6518

Uchrashuv so’nggida Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Yaponiyaning “Japan Reigi-Sahou” assotsiatsiyasi oʻrtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Rasmiy uchrashuvdan so‘ng, delegatsiya vakillari Yaponshunoslik fakultetining faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

IMG_6546