Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

ToshDSHI talabalari ochiq muloqotda ishtirok etishdi

28.09.2018, 16:54 Yangiliklar 2224

26-sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Yoshlar huquqi: amaliyot va tajriba” mavzusida deputatlar va yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazildi.

Mazkur uchrashuv Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 70 yilligi munosabati bilan Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar komissiyasi hamkorligida tashkil etildi. Tadbirda Toshkent davlat sharqshunoslik institutining 40 dan ortiq talabalari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining bir necha deputatlari mavzu doirasida oʻz maʼruzalari bilan qatnashishdi. Xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi raisi Akmal Saidov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi Yoshlar masalalari boʻyicha komissiyasi raisi, Qonunchilik palatasi deputati Kozimjon Tojiyevning chiqishlari talabalarning qiziqishiga sabab boʻldi.

– Mazkur ochiq muloqot yoshlarimizning huquqiy madaniyatini yuksaltirishda katta ahamiyat kasb etadi, – deydi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi Ijtimoiy-huquqiy masalalar va huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻlimi bosh mutaxassisi Sharofiddin Xonimov. – Bu kabi tadbirlarning muntazam ravishda oʻtkazilishi yaxshi samara beradi, deb hisoblayman. Negaki, yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan huquqiy masalalardagi va yoshlar siyosati borasidagi savollariga qonun chiqaruvchilarning oʻzidan javob olish imkoniyatiga ega boʻlishadi.

Ochiq muloqot davomida yoshlarga Qonunchilik palatasi ish faoliyati toʻgʻrisida axborot berildi. Bundan tashqari, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi tarixi va uning ahamiyati, yoshlar huquqlarini himoya qilishda xalqaro tajriba, yoshlar bilan ishlashda Yoshlar ittifoqining oʻrni va roli, bu boradagi muammolar va yechimlar muhokama etildi.

qazx

Manba: O’zbekiston Yoshlar ittifoqi rasmiy sayti