Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga Kyongdong universitetining rektori Djon Li boshchiligidagi delegatsiya a’zolari tashrif buyurdi
2020-yilning 7-yanvar kuni Toshkent davlat sharqshunoslik institutiga Kyongdong universitetining rektori Djon Li boshchiligidagi delegatsiya a’zolari tashrif buyurdi. Uchrashuvda o‘tgan davr mobaynidagi universitetlar o‘rtasidagi hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi va kelgusi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari belgilab olindi. Uchrashuvdan so’ng Kyongdong universiteti rektori Djon Li “Koreyashunoslik” fakultetining Kyongdong universiteti bilan birgalikda tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha tahsil olayotgan 1-kurs talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Tomonlar mazkur qo‘shma dastur doirasida tahsil olayotgan 9 nafar talabalarning 2020-yil yoz oyida Kyongdong universitetida 1 oylik stajirovka o‘tashlariga kelishildi. Tashrif so’ngida Kyongdong universiteti vakillari ToshDSHI rahbariyatiga iliq qabul uchun o‘z minnatdorchiliklarini izhor qilib, kelgusida universitetlararo o’zaro hamkorlikni yanada kuchaytirishga umid bildirishdi.