Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Vatanni himoya qilish-sharafli, oliyjanob va mas’uliyatli burch

15.01.2018, 17:55 Yangiliklar 3607

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti professor-o‘qituvchilari, ishchi xodimlari va talaba-yoshlari o‘rtasida “14-yanvar Vatan himoyachilar kuni” munosabati bilan  “Vatanni himoya qilish-sharafli, olijanob va mas’uliyatli burch” shiori ostida bayram tadbiri yuqori saviyada o‘tkazildi.

Tadbirda institut professor-o‘qituvchilari, ishchi xodimlari va talaba-yoshlari ishtirok etdilar. Tadbirda Qurolli kuchlar akademiyasi, Harbiy telekommunikatsiya yo‘nalishidagi Toshkent akademik litseyi, O‘zMU Harbiy kafedrasi vakillari, Mirobod tumani Mudofaa ishlari ofiserlari Mayor Hudoyqulov Suxrob Abdurazzoqovich, Mayor Hakimov Jaloliddin Kamoliddinovichlar mehmon sifatida qatnashdilar. Tadbirni Toshkent davlat sharqshunoslik instituti rektori, professor Mannonov Abdurahim Mutalovich ochib berdi va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 26 yilligi munosabati bilan barchani qutladi. So‘ng so‘z harbiylarga berildi. Ular ham yig‘ilganlarni chin ko‘ngildan tabriklashdi va O‘zMU Harbiy kafedrasida tahsil olayotgan bir qator faol va tashabbuskor yoshlar maxsus fahriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.  Shundan so‘ng tadbirning badiy qismi boshlandi va isntitut talaba-yoshlari tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiqlar va sahna ko‘rinishlarini namoyish etishib, yig‘ilganlarga xush kayfiyat ulashdilar. Unda Harbiy telekommunikatsiya yo‘nalishidagi Toshkent akademik litseyi o‘quvchilari ham o‘zlari tayyorlagan jangovor sahna ko‘rinishlari bilan tadbir ko‘rkiga ko‘rk qo‘shdilar. Toshkent davlat Konservatoriyasining artistlarining sho‘x kuylari yig‘ilganlarga a’lo kayfiyat baxsh etdi.

photo_2018-01-16_18-01-52 photo_2018-01-16_18-01-21 photo_2018-01-16_18-01-27 photo_2018-01-16_18-01-30 photo_2018-01-16_18-01-33 photo_2018-01-16_18-01-35 photo_2018-01-16_18-01-38 photo_2018-01-16_18-01-47

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi