Yaponiyaning “HANDS GLOBAL CO., LTD” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv
TDSHUda talabalar stajirovkasini tashkil etish hamda bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash yuzasidan Yaponiyaning “HANDS GLOBAL CO., LTD” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o’tkazildi.
Mazkur uchrashuvda universitet bitiruvchilarini ishga qabul qilish, yosh mutaxassislarning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish hamda ularning karyerasini bosqichma-bosqich rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, yapon tilini chuqur egallagan talabalarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, ular uchun kompaniyada amaliyot va stajirovkalar tashkil etish, xalqaro tajribaga ega bo‘lish imkoniyatlarini yaratish hamda eng yaxshi bitiruvchilarni munosib ish o‘rinlari bilan ta’minlash bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.
Uchrashuv yakunida kompaniya vakillari tomonidan yapon tilini o‘rganayotgan 3–4-bosqich talabalari uchun yapon kompaniyalariga ishga kirish tartibi, xorijiy fuqarolar uchun qo‘yiladigan talablar hamda tanlov jarayonlaridan muvaffaqiyatli o‘tish bo‘yicha seminar-trening tashkil etildi.

