Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Yaponiyaning Yokohama Milliy universiteti tomonidan doktorantura

11.03.2022, 00:06 E'lonlar 1316

Yaponiyaning Yokohama Milliy universiteti (Yokohama National University) tomonidan doktoranturada tahsil olish uchun stipendiya tanlovini e’lon qiladi!

 

Yaponiyaning Yokohama Milliy universiteti tomonidan 2022-2023 o‘quv yiliga doktorantura dasturida tahsil olish uchun stipendiya tanlovini  e’lon qiladi!

Mazkur stipendiya Akademik martabani qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha global doktorlik dasturi (Global Doctoral Program for Academic Career Support, GDACS) bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasidan 2022-yil oktabr yoki 2023-yil aprel oylarida doktoranturaga kirish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun taqdim etilishi ko‘zda tutilgan.

Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar mustaqil ravishda Yaponiyaning Yokohama Milliy universiteti veb-saytida (https://www.ynu.ac.jp/english/admissions/scholarship/gdacs/) batafsil ma’lumotlar bilan tanishib, talabnomani to‘ldirishi va barcha tartiblardan on-line tarzda o‘tishi kerak. Ilmiy rahbarni aniqlash ham nomzodning zimmasidadir.

Hujjatlarni quyidagi veb-saytdan yuklab olish mumkin:

https://www.ynu.ac.jp/english/admissions/scholarship/gdacs/  (ingliz tilida)

https://www.ynu.ac.jp/international/accept/academic.html  (yapon tilida).

 

Eslatma: hujjat topshirishning oxirgi muddati – 2022-yil 13-martgacha!