Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

Atrof-muhit muhofazasi TDSHU talabalari nigohida

2023 yilning 7-21 fevral kunlari Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti barcha fakultetlarida 1-kurs talabalari uchun “Iqlim o‘zgarishi va atrof-muhitga ekologik moslashish” maxsus kursi bo‘yicha ma’ruzalar bo‘lib o‘tdi.

Ushbu Barqaror Rivojlanish Maqsadlari doirasidagi maxsus kursning ma’ruzalari “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi dotsenti, biologiya fanlari nomzodi K.A.Sodiqova tomonidan o‘tkazildi. Maxsus kursda global iqlim o‘zgarishi asosida ekologik ongni shakllantirish, inson va tabiat o‘rtasidagi qarama-qarshiliklardan xabardor bo‘lish, iqlim o‘zgarishi va inson salomatligi o‘rtasidagi bog‘liqlikni tushuntirish, yoshlarning atrof-muhitga g‘amxo‘rlik qilish va saqlash ko‘nikmalarini shakllantirish vazifalari bo‘yicha ma’ruzalar amalga oshirildi. Ma’ruzalar davomida quyidagi masalalarga, ya’ni, issiqxona effekti, global isish, g‘ayritabiiy sovuq, har bir o‘ziga xos tabiiy hodisaga moslashish sabablari va usullari hamda ushbu jarayonlarga moslashish masalalariga alohida e’tibor berildi.

Ma’ruza so‘nggida energiya resurslaridan tejamkor foydalanish, elektr energiyasini tejashning oddiy usullari va sayyoramizga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish istaklari mavzularida talabalar bilan munozaralar o‘tkazildi.

 

15.06.2023, 16:12 795