Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

O‘zbek-Turk adabiy aloqalari mavzusidagi vebinar

2023-yilning 10-mart kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti “Sharq mamlakatlari adabiyoti va qiyosiy adabiyotshunoslik” kafedrasida Anqara Hoji Bayram Vali universiteti dotsenti, filologiya fanlari doktori Vali Savash Yelokning “O‘zbek va turk adabiy aloqalari” mavzusidagi vebinari tashkil etildi. Olim ushbu ma’ruzada o‘zbek va turk adabiy aloqalarining tarixiy ildizlaridan to bugungi kungacha bo‘lgan yo‘li haqida qiziqarli ilmiy ma’ruza qildi. Olim Vali Savash Yelok ma’ruza davomida o‘zbek yozuvchilarining asarlarining turk tiliga tarjimalari haqida bayon etgan xolda, bugungi tarjimashunoslikdagi tarjima borasidagi dolzarb masalalarni bayon etdi. Ushbu vebinarda TDSHU ning kafedra professor-o‘qituvchilari, doktorantlar, magistrantlar, talabalar hamda respublikamizning boshqa universitetlari professor-o‘qituvchilari ham ishtirok etdilar.

photo_2024-04-08_11-05-16

08.04.2024, 11:05 64