Телефон доверия / Колл-центр
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU ERASMUS+ XALQARO KREDIT MOBILLIGI LOYIHASI DOIRASIDA FRANSIYA UNIVERSITETLARIDA O‘QISH

23.09.2021, 19:37 Новости 505

TDSHU ERASMUS+ XALQARO KREDIT MOBILLIGI LOYIHASI DOIRASIDA FRANSIYA UNIVERSITETLARIDA O‘QISH UCHUN 

TANLOV E’LON QILADI

TDSHU Erasmus+ Xalqaro Kredit Mobilligi loyihasi doirasida Fransiyaning CEFAM (Lyon), ICD Toulouse, American Business School of Paris universitetlarida o‘qish uchun tanlov e’lon qiladi.

Tanlovda Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizm, Koreyashunoslik, Xitoyshunoslik, Yaponshunoslik va Turkshunoslik fakultetlarining “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik” bakalavriat ta’lim yo’nalishi kunduzgi va kechki ta’lim shakli 2-3-bosqich talabalari hamda “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik” va “Tashqi iqtisodiy faoliyat” magistratura mutaxassisligi 1-bosqich talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

Ingliz tilini kamida B2.2 darajasida bilish (IELTS, TOEFL, CEFR sertifikatlariga ega bo‘lishi);

o‘qishi yaxshi va a’lo ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan, yuksak ma’naviyatli, ilmiy va ijodiy yo‘nalishlarda muayyan yutuqlarga erishgan, universitet hayotida faol ishtirok etuvchi talaba bo‘lish;

iqtisodiy fanlardan umumlashtirilgan testdan o‘tish (ingliz tilida);

Talabgorlarning iqtisodiy bilimi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlardan, jahon xo‘jaligidagi tendensiyalardan xabardorligi, biznes va tadbirkorlik asoslaridan tushunchalarini baholash bo‘yicha suhbatdan o‘tish (ingliz tilida);

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘yicha ekspertlar guruhi tomonidan mamlakatimiz tarixi va madaniyati, vatan tuyg‘usi, mamlakatimiz tarixidagi muhim voqealar, O‘zbekistonni rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi mazmuni va mohiyati, TDSHU faoliyati to‘g‘risidagi suhbatdan o‘tish.

Tanlovda ishtirok etish uchun tavsiya etilayotgan nomzodlarning ro‘yxati

2021-yilning 27-sentyabriga qadar fakultetlar dekanatlari tomonidan Xalqaro hamkorlik bo‘limiga taqdim etiladi. Tanlovdan o‘tgan jami 3 nafar talaba 2022-yilning bahorgi semestrida Fransiyaning CEFAM (1 nafar), Toulouse (1 nafar) hamda American Business School of Paris (1 nafar) universitetelariga 4 oyga o‘qishga jo‘natiladi. Ta’lim tili ingliz tili, yo‘nalishi biznes boshqaruvi va iqtisodiyot. Fransiyada ta’lim olish jarayonida talabalarga Erasmus+ doirasida oylik stipendiya taqdim etiladi, transport harajatlari qoplanadi va kerakli amaliy yordamlar ko‘rsatiladi. Ta’lim davridan so‘ng talabalarning xorijiy OTMda yiqqan kreditlari transfer qilinib, talaba o‘qishini TDSHUda davom ettiradi.

Tanlovning saralash bosqichlari ishlab chiqilgan mezon (ilova qilinadi) asosida

2021-yilning 28-sentabrida iqtisodiy fanlar va 29-sentabrida ma’naviyat va ma’rifat bo‘yicha soat 10.00 da universitet Oybek binosining 716-auditoriyasida o‘tkaziladi.

Ilova

2021-2022-o‘quv yili bahorgi semestridan boshlab Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturi doirasida Fransiyaning CEFAM (Lion), ICD Toulouse hamda American Business School of Paris universitetlarida 4 oy davomida xalqaro kredit mobilligi doirasida stajirovka o‘tash uchun o‘tkaziladigan sinov tartibi va baholash

MEZONI

Kvotalar soni: 3 ta, 2022-yilning bahorida darslar boshlanadi.

Ishtirok etuvchi talabalar: “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 2-3-bosqich talabalari, “Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik” va “Tashqi iqtisodiy faoliyat” magistratura mutaxassisliklarida tahsil oladigan 1-kurs talabalari (Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti, siyosati va turizm, Koreyashunoslik, Xitoyshunoslik, Yaponshunoslik va Turkshunoslik fakultetlari).

Imtihon uch bosqichda o‘tkaziladi:

I bosqich

Ingliz tilini bilish darajasini aniqlash. Nomzodlar ingliz tilini kamida B2.2 darajasida bilishi lozim. Talabgorlar bilim darajasini ko‘rsatuvchi xalqaro sertifikatlar (IELTS, TOEFL, CEFR) ni taqdim etadilar.

II bosqich

Iqtisodiy fanlardan umumlashtirilgan test. Testlar soni 40 ta. Til – ingliz tili, maksimal ball — 80, ajratilgan vaqt — 1 soat.

Test iqtisodiyot nazaryasi, makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, jahon iqtisodiyoti, biznes va tadbirkorlik, O‘zbekiston iqtisodiyoti kabi fanlardan talabgorlarning umumiy iqtisodiy bilimlarini aniqlovchi savollardan tuziladi.

Eslatma: Ingliz tilidan bilimi talab darajasida bo‘lgan va test natijalarida 71% dan ortiq ball to‘plagan ishtirokchilar 3-bosqichda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladi.

III bosqich

Suhbat. Talabgorlarning iqtisodiyot bo‘yicha bilimi, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlardan, jahon xo‘jaligidagi tendensyalardan xabardorligi, biznes va tadbirkorlik asoslaridan tushunchalarini baholash uchun suhbat o‘tkaziladi.

Til – ingliz va o‘zbek tillari, maksimal ball — 20.

Suhbat natijalari quyidagicha baholanadi:

Mavzu haqida ravon so‘zlab berish, berilgan savollarni aniq tushunish va tutilmasdan javob berish — 16-20 ball;

Berilgan mavzuni qisqa pauzalar bilan so‘zlab berish, berilgan savollarni aniq tushunish va biroz tutilishlar bilan javob berish — 10-15 ball;

Berilgan mavzuni uzun pauzalar bilan, qisqacha so‘zlab berish, berilgan savollarni takrorlashlardan keyin qisman tushunish va tutilishlar bilan javob berish — 5-9 ball;

Berilgan mavzuni so‘zlab berolmaslik, berilgan savollarga umuman tushunmaslik va javob berolmaslik — 0 ball

IV bosqich

Ma’naviyat va ma’rifat bo‘yicha og‘zaki imtihon.

Mutaxassis professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘tkaziladigan suhbat natijasiga ko‘ra “o‘tdi/o‘tmadi” shaklida baholanadi.

Jami: 100 ball

Zaruriy holatda tanlov natijalariga ko‘ra, hamkor universitet tomonidan talabgorlar bilan yakuniy suhbat o‘tkazilishi va unda nomzodlar ro‘yxati qayta shakllantirilishi mumkin.

Если вы нашли ошибку, пожалуйста, выделите фрагмент текста и нажмите Ctrl+Enter.

    Сообщить об опечатке

    Текст, который будет отправлен нашим редакторам: