Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 / +998 71 233 34 28

  • UZRUEN
  • uzbekistan flag uzbekistan emblem

TDSHU delegatsiyasi Koreyada

17.10.2023, 13:29 Yangiliklar 543

Avval xabar berganimizdek, TDSHU rektori G.Rixsiyeva boshchiligidagi universitetimiz delegatsiyasining Koreya Respublikada bo‘lib qaytdi.

photo_2023-10-17_13-16-27

Rasmiy tashrif doirasida 2023-yilning 13- oktabr sanasida TDSHU rektori G.Rixsiyeva hamda Koreyashunoslik fakulteti dekani Sh.Usmonova O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi elchixonasida “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi” munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda ishtirok etdi.

IMG_2704

Tadbir doirasida G.Rixsiyeva muallifligidagi “O‘zbek tili” (xorijliklar uchun) kitobning taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi.

photo_2023-10-17_13-04-28

TDSHU rektori G.Rixsiyeva boshchiligidagi universitetimiz vakillari Hankuk chet tillari universiteti (Hankuk University of Foreign Studies – HUFS) rahbariyati bilan uchrashib, hamkorlikda sinxron tarjima markazini tashkil etish, tarjimonlar malakasini oshirish kabi istiqboldagi rejalarni muhokama qildilar.

photo_2023-10-23_22-59-29 photo_2023-10-23_22-59-30

photo_2023-10-17_13-16-09

Shuningdek, delegatsiya vakillari tashrif davomida HUFSda tashkil etilgan “O‘zbek tili bayrami”da ishtirok etdilar. Tadbir doirasida “O‘zbek tili” kitobning taqdimoti bo‘lib o‘tdi. G.Rixsiyeva universitetning O‘zbek tili ta‘lim yo‘nalishi talabalari bilan uchrashib, ularga O‘zbek tilidan ma‘ruza o‘qidi.

photo_2023-10-17_13-16-14

Ma‘lumot o’rnida, HUFS “QS World University Rankings”da 575‐ o‘rindan joy olgan bo‘lib, “Markaziy Osiyoni o‘rganish” kafedrasining O‘zbek tili yo‘nalishiga har yili 30 nafar talaba qabul qilinadi.

photo_2023-10-17_13-04-07

2023- yilning 16- oktabr sanasida TDSHU vakillari HUFS Til va adabiyot fakultetiga tashrif buyurdi. Mazkur muassasada ham TDSHU delegatsiyasi yuqori ehtirom bilan kutib olindi.

photo_2023-10-17_13-20-09

Fakultet rahbariyati bilan o‘tkazilgan muloqotlar chog‘ida ikki tomonlama ilmiy tadqiqotlar, hamkorlikda amalga oshirilishi rejalashtirilgan loyihalar hamda istiqboldagi rejalar muhokama qilindi.