Ishonch telefoni / Call center
+998 71 233 34 24 /

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida xorijiy mehmon professorlar ishtirokida seminarlar boshlandi

15.05.2026, 13:57 Yangiliklar 353

2026-yil 13-may kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Amaliy fanlar fakulteti G‘arb tillari kafedrasiga Ozarbayjon tillar universitetidan ikki nafar mehmon professor dotsent, professor Durra Hashimova hamda katta o‘qituvchi Aynura Amirova tashrif buyurdi. Ular universitetimizda 2 haftalik guest lecture dasturi doirasida ma’ruza va seminarlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.
Tashrif doirasida G‘arb tillari kafedrasi mudiri, PhD, dotsent Saodat Saidakbarova tomonidan “From Learning Outcomes to Reflection” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.

Seminar ta’lim jarayonining uch muhim yo‘nalishi – Learning Outcomes, Assessment va Reflection o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni yoritishga bag‘ishlandi. Mashg‘ulot davomida ishtirokchilar samarali o‘qitishda ta’lim natijalarini belgilash, baholash va refleksiyani qo‘llash orqali mazmunli hamda doimiy takomillashib boruvchi o‘quv jarayonini loyihalash masalalari yuzasidan fikr almashdilar.

Shuningdek, kafedra o‘qituvchisi Fuzaylova Nargiza tomonidan SIX HATS metodi mavzusida seminar o‘tkazilib, ushbu metodning ta’lim jarayonida qo‘llanishi, talabalarning faolligini oshirish va interaktiv yondashuvlarni rivojlantirishdagi ahamiyati haqida ma’lumot berildi.
Mazkur tashrif xalqaro akademik hamkorlikni mustahkamlash, ilg‘or pedagogik tajribalarni almashish hamda universitet professor-o‘qituvchilari va talabalarining ilmiy-amaliy salohiyatini yanada oshirishga xizmat qiladi.

    WordPress Lab Soho – Clean Multipurpose WordPress Theme Soho Hotel Booking Calendar SOHO – Photography WordPress Theme Solargy – Solar & Alternative Energy Elementor Template Kit Solarix - Solar & Renewable Energy Elementor Template Kit Solarva – Ecology & Solar Energy Theme Solaz – An Elegant Hotel & Lodge WordPress Theme Sole – One Page WordPress Theme Sole – One Page WordPress Theme Sole – One Page WordPress Theme